Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Keylor Navas: «Zaxirada o‘tiraversangiz, maydonga qaytishga ishonch qolmas ekan»

Keylor Navas: «Zaxirada o‘tiraversangiz, maydonga qaytishga ishonch qolmas ekan»

Baho:
+ | -

Kosta-Rika terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan «Real» darvozaboni Keylor Navas Ispaniyaning Partidazo de Cope radio dasturiga intervyu berdi.

Suhbat chog‘ida «Real»dagi o‘rni, Santyago Solari va Zayniddin Zidanlar haqida gapirib o‘tdi.

O‘zining holati haqida

- Kosta-Rika terma jamoasi safidaman. Holatim yaxshi, rahmat. Yoqimli onlardan lazzat olish kerak. Terma jamoa va vataningizga kelish katta quvonch.

Mavsumning qiyin vaziyatlari haqida

- Bu mavsum qiyin kechdi. Lekin futbol bizni nafaqat jismonan, balki ruhan ham imtihon qiladi. Vaziyatni o‘nglash uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz.

«Selta»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushishini qanday bilgani haqida

- Bungacha Zidan men bilan gaplashib, o‘ynashimni aytgandi. Juda baxtliman. O‘z ismingizni asosiy tarkibda ko‘rsangiz, baxtiyor bo‘lishingiz shubhasiz. Odamlar bu haqda so‘rashdi. Ammo shuni aytishim mumkin, ishonchim komil emasdi. Shunchaki, umid bor edi. Chunki murabbiy almashgani uchun buni his qilgandim. Oldingi murabbiyda o‘ynamadim. Lekin yangisi bilan eshiklar ochiq.

Solari davrida o‘ynamasligini bilgani haqida

- 20ta o‘yinni zaxirada o‘tkazsangiz, maydonga qaytishingizga ishonmay qolarkansiz.

Yozda ketishi mumkinligi haqida

- Eng avvalo, qayerdaligingizga e’tibor berib, vaziyatni tahlil qilishingiz kerak. O‘sha vaziyatda yoz haqida o‘ylamadim. Agar mavsum yakunlanishi arafasida vaziyat o‘zgarmasa, o‘ylab ko‘rardim.

Eng qiyin vaziyati haqida

- Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘yin qiyin bo‘lgan.

Kurtua bilan munosabatlari haqida

- Menimcha, raqobat bo‘lishi kerak. Hech kim bilan munosabatim yomon emas. Shunchaki, murabbiy qaror chiqardi va men uni qabul qildim. Bunday vaziyatlarda hech kimga xusumatim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘z ishimdan rohatlanishga intilaman.

Zidanning rotasiyasi haqida

- Uning qo‘l ostidaman. Agar u menga vaziyatni tushuntirsa, haqiqatni aytsa, bu meni tinchlantiradi.

Solari haqida

- U bilan kam muloqot qilardim.

Solarining «Navas - jentlmen» degani haqida

- Ha u menga shunday degan. Solari meni professional sifatida hurmat qilardi. Bundan ortig‘i emas. Endi buning menga qizig‘i yo‘q. O‘sha vaqtni xursandchilik bilan eslamayman.

«Real»da qolishi haqida

- Jamoa bilan shartnomam bor va hamisha shu yerda qolishni istaganman.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 16:00, 30.03.2019.
O'qildi: 2807 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик