Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Respublikamiz bo‘ylab boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlar festivali tashkil etildi

Respublikamiz bo‘ylab boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlar festivali tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston boks federasiyasi yurtimizda sportning ushbu turini yanada ommalashtirish yo‘lida kerakli keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Yosh avlodni boksga qiziqtirishda sport yulduzlari bilan uchrashuvlar, ommaviy tadbirlarning ahamiyati katta. Bugun Respublikamiz bo‘ylab, boks bo‘yicha katta FLASHMOB (Ochiq mashg‘ulotlar festivali) bo‘lib o‘tdi. Tadbirning Toshkent shahridagi qismi "EcoPark"da tashkil etildi. Soat 12:00da boshlangan tadbirda O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, o‘zbek boksi yulduzlari, yosh bokschilar, estrada yulduzlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov yosh avlodni sportga qiziqtirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini, ana shunday qiziqish ortidan bo‘lajak Osiyo, jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari yetishib chiqishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va hukumatning sportga, hususan boksga ko‘rsatayotgan e’tibori samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bokschilar ham xalqaro arenalarda munosib yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani ham S.Polatov tomonidan aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, tadbirda qatnashgan Rufat Risqiyev, Muhammadqodir Abdullayev, Shahobiddin Zoirov va xorijiy boks yulduzlari o‘zlarining eng samimiy tilaklarini bildirib o‘tishdi.

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi - Ochiq mashg‘ulotlar festivali boshlandi. Uni Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Rustam Saidov olib bordi.

O‘zbek estradasi yulduzlari Jahongir Poziljonov, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Jasur Umirov kabi xonandalarning chiqishi ushbu boks bayramiga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir davomida yosh sportchilar boksimiz yulduzlari bilan birga suratga tushib, ulardan dastxat olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: Stadion
Kiritildi: 16:44, 30.03.2019.
O'qildi: 1232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.