Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Yagona gol kichik «derbi»da «Qo‘qon-1912»ga g‘alaba keltirdi

Yagona gol kichik «derbi»da «Qo‘qon-1912»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kichik “derbi” teng kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa a’zolari ilk daqiqalardan tashabbusga ega bo‘lishga intilishdi. Vaqt o‘tishi bilan tomonlarni hujumlari xavfli ko‘rinish oldi. 33-daqiqada Dilshod Samiqov raqib darvozasini aniq nishonga olib hisobni ochdi. Ushbu vaziyatda futbolchimiz raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib, hujumni gol bilan yakunladi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limni ham futbolchilarimiz shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. 63-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ushbu vaziyatda Sarvar Karimov mahorat ko‘rsatdi. Bo‘lim o‘rtalariga kelib usutunlik mehmonlar tomoniga o‘tdi. Andijonliklar hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan hujumga zo‘r berishdi.

Futbolchilarimiz esa himoyada ishonchli o‘ynashdi. Ayniqsa, Jasur Yoqubov ishonchli harakatlari bilan raqib hujumlarini qaytarib turdi.

So‘nggi daqiqalarda har ikki jamoa vakillari ketma-ket hujumlar uyushtirishganiga qaramay, o‘yin oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, yoshlarimiz kichik “derbi”da g‘alaba qozonishdi.

U-21 Birinchiligi
2 - tur
"Qo‘qon-1912" - "Andijon" – 1:0 (1:0)
Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Shoxrux A’zamov, Ravshan Kopadze,Olim To‘ychiboyev.
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov.

Gol: Dilshod Samiqov – 33.

“Qo‘qon-1912”: 25. Sarvar Karimov, 4. Bekzod Karimov, 7. Ayubxon Abdurahimov, 9. Ramz Isaqov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 19. Dilshod Samiqov, 55. Abdullox Mirkomilov, 65. Jasur Yoqubov, 78. Abror Usmonov, 79. Barhayot Saidahmadjonov, 96. Umid Muhammadaliyev.

“Andijon”: 30. Akmal Ortiqov, 5. Sardor Ma’rufjonov, 7. Dilmurod Abduqahhorov, 10. Usmonali Ismonaliyev, 11. Po‘lat Sharifov, 14. Timur Ismoilov, 17. Farhod Sohibjonov,18. Mashhur Mirzayev, 19. Jamshid Hamidov, 21. Rustam Quchqorov, 33. Doniyor Abdumanopov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:01, 30.03.2019.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.