Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Angliya premyer-ligasi. 32-tur: Saloh bormisan!

Angliya premyer-ligasi. 32-tur: Saloh bormisan!

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Londonda «Fulxem»ni xotirjam holda yenggan bo‘lsa (2:0), «Liverpul» o‘z maydonida muxlislari va Yurgen Klopp asabini chinakam sinovdan o‘tkazdi.

Ya’ni «qizillar» «Tottenxem»ga qarshi bahsda g‘alaba golini so‘nggi lahzalardagina nishonlab, «Enfild Roud»da portlash effektini yuzaga keltirishdi.

«Liverpul» uchun chempionlik kurashida o‘ta muhim sanalgan ochkolarni taqdim etgan gol Tobi Alderveyreld nomiga «avto» qo‘shimchasi bilan yozildi. Lekin buning bosh ijodkori - Muhammad Saloh. Anchadan buyon gol urolmayotgan misrlik hujumchi tig‘iz pallada aniq zarba yo‘lladi va Ugo Lyoris to‘pni zo‘rg‘a qaytargach, u belgiyalik himoyachiga tegib, darvoza ichiga kirdi, baribir. Xullas, Salohbosh qahramonga aylandi o‘z-o‘zidan.

--- Portugaliyalik 24 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silva «Manchester Siti» safida ilk bora ketma-ket 3ta o‘yinda gol urdi. U bunga qadar «Suonsi» va «Shalke» darvozasini nishonga olgandi.

--- «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero APL-2018|2019dagi 19-golini urib, to‘purarlar poygasida mutlaq yetakchiga aylanishdan tashqari, Bernardu Silva goliga assistentlik qildi.

--- «MYU» hujumchisi Markus Rashford joriy mavsum hisobidan 10-golini nishonladi. Angliyalik 21 yoshli futbolchi faoliyati davomida ilk bor shunday ko‘rsatkich qayd etdi. Bungacha Markusning jamoadoshlari Antoni Martial (10ta), Pol Pogba (11ta) va Romelu Lukaku (12ta) ham 10ta gol marrasiga yetishgandi. «MYU»dan birdaniga 4 nafar futbolchining bir mavsumda 10ta yoki ko‘proq gol urishi oxirgi marta mavsum-1995|1996da kuzatilgandi. O‘shanda Erik Kantona, Rayan Giggz, Pol Skoulz va Endi Koul o‘zlarini ko‘rsatishgan.

--- «Kristal Pelas»ga yutqazgan «Xaddersfild»ning APL bilan xayrlashishi aniq bo‘ldi. Jamoa elitada qolishdan erta umid uzish bobida «Derbi»ga tegishli antirekordni yangiladi. Qisqasi, APL tarixida hali hech bir jamoa 32-turdan keyin imkoniyatni butkul yo‘qotmagandi.

--- «Liverpul» o‘z tarixida 33-marta g‘alaba golini 89-daqiqadan keyin urdi. «Qizillar» bu borada APLning mutlaq yetakchisi bo‘lib turishibdi. 2-yaxshi natija «Arsenal»ga tegishli - «kanonir»lar 25 marta so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alaba qozonishgan. «Chelsi» aksincha, APLda 2014 yildan buyon ilk marta 89-daqiqadan keyingi gol tufayli 3 ochkoni o‘z tomoniga og‘dirdi.

 

30 mart

FULXEM - MANCHESTER SITI - 0:2 (0:2)

London. 25001 tomoshabin.

Gollar: Bernardu Silva (5), Aguero (27).

Manchester Siti: Ederson, Uoker, Otamendi, Lyaport, Zinchenko, de Bryuyne (Fernandinyo, 75), Gyundogan, David Silva, Bernardu Silva, Aguero (Gabriel Jezus, 57), Sterling (Mahrez, 88).

BERNLI - VULVERXEMPTON - 2:0 (1:0)

Bernli. 20990 tomoshabin.

Gollar: Koadi (2-avt.), Maknil (77).

BRAYTON - SAUTGEMPTON - 0:1 (0:0)

Brayton. 30636 tomoshabin.

Gol: Xoybyerg (53).

KRISTAL PELAS - XADDERSFILD - 2:0 (0:0)

London. 25193 tomoshabin.

Gollar: Milivoyevich (77-pen.), van Anxolt (88).

LESTER - BORNMUT - 2:0 (1:0)

Lester. 31530 tomoshabin.

Gollar: Morgan (11), Vardi (82).

MYU - UOTFORD - 2:1 (1:0)

Manchester. 74543 tomoshabin.

Gollar: Rashford (28), Martial (73) - Dukure (90).

MYU: de Xea, Yang, Smolling, Jons, Shou, Errera (Pereyra, 63), Matich, Pogba, Mata (Lingard, 63), Rashford, Martial (Roxo, 77).

VEST XEM - EVERTON - 0:2 (0:2)

London. 59988 tomoshabin.

Gollar: Zuma (5), Bernard (33).

31 mart

Kardiff Siti - Chelsi - 1:2 (0:0)

Kardiff. 32657 tomoshabin.

Gollar: Kamarasa (46) - Aspilikueta (84), Loftus-CHik (90}1).

Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, David Luiz, Alonso, Kovachich, Jorjinyo (Loftus-CHik, 64), Barkli, Pedro (Azar, 53), Iguain (Jiru, 77), Villian.

Liverpul - Tottenxem - 2:1 (1:0)

Liverpul. 53322 tomoshabin.

Gollar: Firmino (16), Alderveyreld (90-avt.) - Lukas Moura (70).

Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Veynaldum, Xenderson (Origi, 77), Milner (Fabinyo, 77), Saloh (Lovren, 90), Firmino, Mane.

Tottenxem: Lyoris, Sanches (Son Xyun Min, 69), Vertongen, Alderveyreld, Sissoko, Trippyer, Rouz, Eriksen (Lyorente, 90), Alli, Keyn, Lukas Moura (Devis, 82).

------------------———————————————————

ARSENAL - NYUKASL  o‘yini  kecha  bo‘lib  o‘tdi.

------------------———————————————————

31-tur o‘yini

3 aprel (chorshanba)

23:45     Tottenxem - kristal Pelas

27-tur o‘yini

23:45     Chelsi – Brayton

1  LIVERPUL 32 24 7 1 72-19 79
2  MANCHESTER SITI 31 25 2 4 81-21 77
3  TOTTENXEM 31 20 1 10 58-34 61
4  MANCHESTER YUNAYTED 31 18 7 6 60-41 61
5  ARSENAL 30 18 6 6 63-39 60
6  CHELSI 31 18 6 7 52-34 60
7  VULVERXEMPTON 31 12 8 11 38-38 44
8  LESTER 32 13 5 14 42-43 44
9  EVERTON 32 12 7 13 45-42 43
10  UOTFORD 31 12 7 12 43-46 43
11  VEST XEM 32 12 6 14 41-48 42
12  BORNMUT 32 11 5 16 43-58 38
13  KRISTAL PELAS 31 10 6 15 38-41 36
14  NYUKASL 31 9 8 14 31-40 35
15  BRAYTON 30 9 6 15 32-43 33
16  SAUTGEMPTON 31 8 9 14 35-50 33
17  BERNLI 32 9 6 17 37-59 33
18  KARDIFF SITI 31 8 4 19 28-59 28
19  FULXEM 32 4 5 23 29-72 17
20  XADDERSFILD 32 3 5 24 18-59 14

 

Ole-Gunnar Sulsher («MYU» bosh murabbiyi): - Raqib o‘yinni juda faol boshladi, biz esa uning sur’atiga moslashishga harakat qildik. 20-daqiqadan keyingina o‘zimni biroz erkinroq his qila boshladim. O‘ylaymanki, haqli ravishda 3 ochko oldik. Ha, Markus Rashford a’lo darajada harakatlandi, gol urdi, ammo uni hamon jarohat qiynamoqda. Mavsumning yakuniy pallasiga yaqinlashmoqdamiz. Agar qolgan turlarda 15 ochko yig‘sak, chempionatni kuchli uchlikda yakunlaymiz.

Yurgen Klopp («Liverpul» bosh murabbiyi): - G‘alaba golini nega nisbatan xotirjam qabul qildim? Gap shundaki, faqat bosh bilan berilgan zarbani ko‘rdim, xolos. Umuman, hozir to‘p darvozaga qanday kirganini tasavvur ham qilolmayapman. Hisob tenglashgach, nega g‘azablandim? Chunki «Tottenxem»ning goli ortiqcha edi, bunga yo‘l qo‘ymasak bo‘lardi. Muhimi, shundan keyingina yana o‘ynay boshladik, yaxshigina vaziyatlar yaratdik. Biz jahon futbolidagi eng kuchli klub - «Manchester Siti» bilan raqobatlashyapmiz, bugun «Tottenxem»dek jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik. Bu juda og‘ir, ammo maroqli. O‘yinda g‘alaba qozonishning 500ta usuli bor. Bugungisi ozgina qiyshiqroq usul. Lekin zarari yo‘q.

Maurisio Sarri («Chelsi» bosh murabbiyi): - Ehtimol, natija raqiblarga og‘ir botgandir. Ularni tushunaman, chunki o‘z boshimdan ham o‘tgan. Birinchi golni «ofsayd» holatida urdikmi? Aniq gapirish uchun videoyozuvni ko‘rishim kerak. Bilmadim. Bilmadim. Ehtimol...

 

TO‘PURARLAR:

 Aguero (Manchester Siti) - 19ta

Saloh(Liverpul) - 17ta

Obameyang  (Arsenal) - 17ta...

 

33-TUR

2 aprel (seshanba)

23:45     Vulverxempton - MYU

23:45     Uotford - Fulxem

3 aprel (chorshanba)

23:45     Manchester Siti - Kardiff Siti

5 aprel (juma)

00:00     Sautgempton - Liverpul

6 aprel (shanba)

19:00     Bornmut - Bernli

19:00     Nyukasl - Kristal Pelas

19:00     Xaddersfild - Lester

7 aprel (yakshanba)

18:05     Everton - Arsenal

8 aprel (dushanba)

00:00     Chelsi - Vest Xem

23 aprel (seshanba)

23:45     Tottenxem – Brayton

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:23, 02.04.2019.
O'qildi: 2711 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.