Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Bokschimiz Bokudagi musobaqada nega hushidan ketgandi?

Bokschimiz Bokudagi musobaqada nega hushidan ketgandi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Havaskor boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 64 kg. vazn toifasida Ozarboyjondagi "Buyuk Ipak yo‘li" xalqaro turnirida ishtirok etgan Aliyor Noraliyev janglarning birida jarohat olib, hushini yo‘qotgani va tez tibbiy yordam xodimlari yordamida shifoxonaga olib ketgani haqida xabar bergandik. Musobaqa yakunlangach, O‘zbekistonga qaytgan bokschining o‘zi bilan mazkur voqea yuzasidan intervyu oldik.

"Ozarboyjonlik bokschiga qarshi birinchi jangimning birinchi raundidayoq raqib bilan boshimiz qattiq to‘qnashib ketdi. O‘sha vaqtda qisqa tanaffusdan so‘ng o‘zimga kelib, jangni davom ettirdim. Raqib ustidan g‘alaba qozonib, allaqachon keyingi jangga o‘zimni tayyorlayotgandim. Kiyimlarimni almashtirib zalga qaytganimda o‘zimni biroz yomonroq his qildim va tashqariga chiqishga qaror qildim. Ammo tashqarida ham biroz o‘zimni yomon his qila boshladim. Ko‘zim oldi qorong‘ilashib keta boshladi. Yiqilishimni his qilib shifokorlar yoniga qarab yura boshladim. Lekin ulgurmadim… Qolganini eslolmayman.

Ko‘zimni ochsam, Bokudagi shifoxonaning reanimasiya bo‘limida yotibman. Nima bo‘lganini avvaliga tushunmadim. Keyin so‘rasam, hushimni yo‘qotganim, tilim orqaga ketib qolganini aytishdi. U yerda ham shifokorlar tekshirishdi. MRT qilishdi. Ilgari ham kichik jarohatlar olganim bu safargi jiddiy jarohatga ta’sir qilganini aytishdi.

Toshkentga kelib oldik. Endi reja bo‘yicha bu yerda ham MRT qiladigan bo‘ldik. Rentgen ham qildirib keyin shifokorlar bilan maslahatlashib, yana ishlashda davom etamiz, hozircha esa taxminan ikki oy davomida boks bilan shug‘ullanmasligim kerakligini aytishdi”, — deya gapirib o‘tdi Noraliyev GoSport muxbiri bilan telefon orqali suhbatda.

Kiritildi: 07:54, 03.04.2019.
O'qildi: 9868 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.