Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Messi yoki Ronaldu? Kimning zarbasi darvozabonlar uchun noqulay?

Messi yoki Ronaldu? Kimning zarbasi darvozabonlar uchun noqulay?

Baho:
+1 | -

Mana bir necha yillardan beri ikki buyuk futbolchidan qay biri kuchli degan savol hammani qiziqtirib kelmoqda. «Goal 24» nashri mashhur darvozabonlarlardan qaysi futbolchining zarbasi ular uchun noqulayligini bilish maqsadida kichik bir so‘rovnoma o‘tkazdi. Sayyoramizning eng mashhur 7 ta darvozaboni so‘rovnomada ishtirok etdilar

Buffon

Men Messi va Ronalduga qarshi maydonga tushganman. Messi asosan texnikaga tayangan xolda zarbalar yo‘llaydi. Uning zarbalarini reaksiyasi kuchli  bo‘lgan darvozabonlar qaytarish imkoniga ega. Ronaldu esa asosan kuchga tayanadi va shu sabab zarbalari traektoriyasini aniqlash juda mushkul. U yo‘llagan snaryad istalgan soniyada o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Menga qarshi o‘ynaganlar ichida unga o‘xshashishini ko‘rmaganman.

Devid De Hea

To‘g‘risi, menga bu savolni juda ko‘p berishadi va doim bir hil javob beraman. Ronaldu! Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Messi jamoaviy o‘yinchi. U boshlagan hujumlar ko‘pincha gol bilan yakunlanadi, ammo zarbalar borasida Ronaldu biroz undan ustunroq. U ikkala oyoqda ham, bosh bilan ham o‘ynashni biladi. Bunday futbolchilar istalgan darvozabon uchun eng noqulay raqib bo‘lsa, ajab emas.

Iker Kasilyas

Men Krish bilan birga o‘ynaganman. Messi bilan esa yo‘q. Leo menga istagancha gol urgan. Ronaldu esa mashg‘ulotlarda ham  bunday qila olmas edi. Men hozir  «Real Mardid»da emasman. Shunday ekan, bemalol ayta olaman Messining zarbalari biroz havfliroq.

Manuel Noyer

O‘ylashimcha, ikkisi ham o‘zga sayyoradan kelgan. Ularning maydonda ko‘rsatayotgan o‘ynlariga qarang. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.  Zarbalarga keladigan bo‘lsak, menimcha, ikkisi ham bir hil darajada. Futbolda qaytarib bo‘lmas zarbalar bo‘lmaydi deb hisoblayman. Shunday ekan, ikkalasi ham men uchun bir darajadagi futbolchilar

Tiba Kurtua

O‘ylashimcha, Messining zarbalari havfliroq. To‘g‘ri, Ronalduning zabalari ham ko‘plab muammolar tug‘diradi, ammo Messini nima qilmoqchi ekanligini oldidan bilib bo‘lmaydi. Menimcha, bu darvozabonlar uchun eng noqulayi.

Piter Chex

Men ko‘plab ajoyib futbolchilar bilan birgalikda o‘ynaganman. Fenomenlarga qarshi esa  maydonda faqat raqib sifatida to‘qnash kelganman. Men Ronalduning ko‘plab zarbalarini bartaraf eta olganman, lekin Messi haqida bunday deya olmayman.

Edvin Van Der Sar

Mening fikrimcha, Ronalduning zarbalari havfliroq. Mening sobiq jamoadoshim bo‘lgani uchun uni tanlamadim. Bilasizmi, u kabi Yer sharida faqatgina Roberto Karlos zarba bera olar edi. Boshqa hech kim ularning darajasida emas. Messi, asosan, tezkor yorib kirishlarga va yaqin masofadan aniq zarba berishga intiladi. Ronaldu esa istalgan nuqtadan gol ura oladi. Zarba kuchi va tezligidagi farq ham Ronalduning foydasiga ekanligi so‘zimga isbot bo‘la oladi.

Shu o‘rinda ushbu kichik so‘rovnomani futbol mutaxassislaridan birining ular haqida aytgan gaplari bilan yakunlasak adolatli bo‘ladi.

«Ularga qarar ekanman yuragim siqiladi. Nega deysizmi? Sababi, ulardan so‘ng futbol biroz zerikarliroq ko‘rinish oladi. Zamonaviy futbolni hozirda robotga aylangan futbolchilar o‘ynashmoqda. Shu ikki yigitgina ulardan san’atkorlardek ajralib turishibdi. Ularni yoshartirishning iloji yo‘q. Shunday ekan, ular ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘rib zavqlanib olaylik, bunday futbolchilar hali beri katta arenalarga qaytmaydi»
                                                                                                          Joze Mourinho
YA.U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:11, 03.04.2019.
O'qildi: 21521 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.