Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Hasanboy Do‘smatov: «Hali vaqt bor»

Hasanboy Do‘smatov: «Hali vaqt bor»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kecha boks bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Bokudagi "Buyuk ipak yo‘li" turnirida ishtirok etib, yurtimizga qaytib kelishdi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati bokschimiz Hasanboy Do‘smatov bilan suhbatda ushbu turnirdagi taassurotlar va Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan qiziqdi.

"Ushbu musobaqa Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlik vazifasini bajardi. Chunki, musobaqaga oz vaqt qoldi va ikkita jangdan so‘ng ishtirokimni tugatishim kerak edi. Bokudagi turnir davomida rossiyalik va qozog‘istonlik raqiblarimni mag‘lubiyatga uchratdim. Ikkinchi jangimda qoshimdan jarohat oldim. O‘sha payt hakamlar jangni to‘xtatishdi. Ochkolar hisobida oldinda borayotganim sabab bahsda men g‘alaba qozondim. Osiyo chempionati boshlangunga qadar hali vaqt bor. O‘ylaymanki, jarohatim ungacha tuzaladi.

Ozarbayjondagi musobaqa Tailanddagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning bir qismi edi. Endi qit’a birinchiligiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini Angrendagi "Yangiobod" o‘quv bazasida olib boramiz. Nasib qilsa, keyin Osiyo chempionatiga jo‘nab ketamiz", - dedi Hasanboy Do‘smatov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 18:11, 03.04.2019.
O'qildi: 2394 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.