Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bugun futbol. «Lokomotiv» – «Andijon»

Bugun futbol. «Lokomotiv» – «Andijon»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Superliganing 3-tur bahslariga start beriladi.

Kun tartibidan bitta o‘yin o‘rin olgan. Amaldagi chempion “Lokomotiv” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. Aslida bu uchrashuv 5 aprel kuni Andijonda o‘tkazilishi lozim edi, biroq stadion mavsumga to‘liq tayyor bo‘lmagani bois uchrashuv Toshkentga ko‘chirildi hamda 4 aprelga belgilandi. Endi “Lokomotiv” mezbon sifatida to‘p tepadi.

“Lokomotiv” stadionida kechadigan bellashuv soat 18:00da start oladi. Shu o‘rinda o‘zaro o‘yinlar tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, har ikki jamoa 2004 yildan beri O‘zbekiston milliy chempionati doirasida 20 marta to‘qnash kelgan.

Bu o‘yinlarning 13tasida “Lokomotiv” zafar quchgan, 4 marta “Andijon” g‘alaba qozongan va 3 bor durang qayd etilgan. “Andijon”ning to‘rtta g‘alabasidan uchtasi o‘z maydonida va bittasi safarda qo‘lga kiritilgan. “Lokomotiv” esa o‘z uyida 9ta va safarda 4ta o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham umumiy ko‘rsatkich “Loko” foydasiga 37-21.

“Lokomotiv”ning “Andijon” ustidan eng yirik g‘alabasi ikki bor qayd etilgan. “Temiryo‘lchilar” Toshkentda 2004 yil 5:1 va 2014 yil 4:0 hisobida zafar quchishgan. “Andijon” hisobidagi yirik g‘alaba esa bitta, 2006 yil bu jamoa o‘z uyida 5:0 hisobida raqibini mag‘lub etgan. Uchta durangdan ikkitasi 2:2 (2008, 2009) va bittasi 1:1 (2012) hisobida yakun topgan.

Shu paytgacha o‘tkazilgan o‘zaro o‘yinlarda “Lokomotiv” jami 42 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Andijon” esa 15 ochkoli bo‘lgan. Jamoalar oxirgi marta 2016 yil o‘zaro bahs olib borishgan va bunda “Lokomotiv” har ikkala uchrashuvda raqibidan bir xil 3:1 hisobida ustun kelgan.

Bu yil hisobidan “Lokomotiv” dastlabki turni mag‘lubiyat bilan boshladi. Jamoa “Paxtakor”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyingi turda esa o‘z maydonida “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. “Andijon” hozircha ikki marta durang o‘ynadi. Eldor Sakayev shogirdlari ilk turda “Qizilqum” bilan 1:1, undan keyin “Qo‘qon-1912” bilan 0:0 o‘ynashdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 11:24, 04.04.2019.
O'qildi: 3003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.