Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqada bugun ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun doirasida o‘rta vazn toifasidagi sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Terma jamoamizdan -73 kg vaznda kurashadigan G‘iyosjon Boboyev ushbu kun dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi. Vakilimizning birinchi bosqichdagi raqibi moldovalik Yan Naku bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Kerman Nurillayev (-60 kg) terma jamoamiz hisobiga kumush medalini olib kelgan edi.