Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Mirkomil Lokayev: «Metallurg»ga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi»

Mirkomil Lokayev: «Metallurg»ga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Dinamo» - «Metallurg» (2:1) uchrashuvining 90+2-daqiqasida ajoyib gol urgan himoyachi Mirkomil Lokayev Samarqand klubiga mavsumdagi ilk g‘alabani keltirdi. O‘yindan keyin futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- “Nasaf” bilan dastlabki o‘yindagi durang va “Surxon” bilan safardagi alamli mag‘lubiyatdan keyin “Metallurg” bilan uchrashuvda muxlislarimizni g‘alaba bilan quvontirish shart edi. Barchamiz o‘yindan oldin buni juda yaxshi tushinib, murabbiylarimiz har tomonlama o‘yinga tayyorlashgandi. Raqibimiz “Metallurg” jamoasi kuchli tarkibga ega hurmatga sazovor klub sanaladi. O‘yin ikki jamoa uchun ham juda og‘ir kechdi. Xudoga shukur, biz oxirigacha kurash olib bordik va g‘alabani qo‘lga kiritdik.

So‘nggi daqiqada kiritgan golim “Dinamo”ga g‘alaba keltirganidan juda ham xursandman. Men faqat o‘yin yakunida emas, o‘yin davomida ham himoyadan murabbiylarimiz ko‘rsatmasi bilan hujumga qo‘shilib turdim. Ochig‘ini aytsam, gol urishimni sezgandek edim. O‘sha vaziyatda bosh bilan gol urish qiyin bo‘lsa-da, omad kulib boqdi. Bu faoliyatimdagi eng muhim gol bo‘ldi.

Chindanam, “Metallurg” darvozasiga kiritgan g‘alaba golim faoliyatimdagi dastlabkisi bo‘ldi. G‘alabamiz butun jamoaning murabbiylar ko‘rsatmasi bilan oxirigacha kurashgani va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi evaziga bo‘ldi. “Dinamo” bitta oilaga aylangan. Nasib qilsa, g‘alabali yurishni davom ettirishga bor kuchimizni sarflaymiz” – deydi 24 yoshli “Dinamo” himoyachisi Mirkomil Lokayev.

Manba: Stadion
Kiritildi: 15:20, 07.04.2019.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик