Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Ahmadjonov Babayanning qaytishini keskin qoraladi – Odamlar nima deydi?

Ahmadjonov Babayanning qaytishini keskin qoraladi – Odamlar nima deydi?

Baho:
+ | -

Kecha, 7 aprel kuni Stadion.uz internet nashrida “Umid Ahmadjonov Samvel Babayanning qaytishini keskin qoraladi” nomli sarlavha ostida intervyu e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” klubida ish boshlagan terma jamoa sobiq murabbiyi Samvel Babayan haqida keskin fikrlar bildirgan.

Ya’ni Ahmadjonovning iddaosiga ko‘ra, Babayan subuti yo‘q odam, u hatto O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yaqiniga yo‘naltirilmaydi. Tabiiyki, kichik intervyu futbol jamoatchiligi o‘rtasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Quyida Stadion.uz saytida foydalanuvchilar tomonidan yozib qoldirilgan “kommentlar” ro‘yxati keltirilgan.

Shahrisabz: “Nahotki!”.

Kamekadze: “Yashang! Ilojini qilib O‘zbekistondan quvish kerak bunaqangi xoyinni. Ushlab turgan tankasi bilan birgalikda”.

Moskvalik: “Hammasi safsata. Shu gaplarni u “Loko”ga qaytmasdan oldin aymaysizmi janob? Hammasi xal bo‘lgach, nimaga kerak bu gaplarni aytib. Shu ishga qarshilik qila olmasangio‘ nima qilib yuribsiz?”.

Sardor FCM Realchiman: “Hammani kechirsa bo‘larkanda? Unday bo‘lsa ertaga chiqib o‘g‘irlik qilaman, keyin meni qamashadi va kechirishadi. Men yana o‘g‘irlik qilaman. Babayan qilgan shuncha ishni ko‘rib, bilib turib kechirish bu shunchaki rasmiyatchlik xolos menimcha”.

Julian: “Babayanga o‘xshaganlarni mamlakatdan quvib chiqargandan foyda yo‘q, qaytib kirib olaveradi. Yaxshisi bo‘yniga tosh boylab cho‘ktirib yuborish kerak”.

Albars: “Mo‘minjonovni kechiring, menimcha u vaziyat qurboniga aylandi”.

Alwayswin: “Xato gunohlarni kechirsa bo‘ladigani bor, kechirib bo‘lmaydigani bor. Yurtga xoinlik qilgan, butun millatni aldagan kechirib bo‘lmas ishlarni qilgan u.

Xullas Babayan bu ishlari uchun avval ham jazosin olmadi hozir ham. Eskilar aytgan hayotiy achchiq haqiqat sovuq qotgan ilonni qo‘yniga olib isitsang yaxshiliginga uning javobi seni chaqadi. Shuni bilmasmidingiz Ahmadjonov?”.

Parol: “O‘z manfaatini o‘z tomog‘ini Vatanidan ustun qo‘ygan hammani aldagan bu noinsof Babayanni bir umr kechirmaslik kerak edi aslida. O‘zbek futbolini ustidan kulganni bundan battar qilish kerak. Samvel Babayan sen men uchun tirik murdasan”.

Skrillex: “To‘g‘ri gapiripsiz bundan battar qilish kerak bu Babayanni. Umuman o‘zbek futbolidan yo‘qotish kerak nima qilib bo‘lsa ham. Bo‘lmasa erta yoki indin sizning o‘rningizga o‘tirib oladi”.

FUTBOLFUTBOL: “Bularning hammasi o‘yinku. Nima kerak kechirimli deb Prezident nomini bu ishga aralashtirib. Zadniy chislo bilan “Bunyodkor” xati qilingani aniq. Katta xotamtoylar o‘zbek xalqi ustidan kulyapti. Avom xalk bir deydi, ikki deydi, oxiri ko‘nikadi deb”.

MAKC HD CINEMA: “Yaxshi futbol rivojlanyati yana. Yaxshi murabbiy ekan chet eldan qaytarib olib kelibdi. Maslahat berib turadi. Kuperga yordamchi qilib olinglar”.

QORIAKA: “Bir oy oldin Babayanni O‘FA binosi oldidagi sun’iy maydonda ko‘rdim. Viktor Jalilov bilan bemalol gaplashib turgan edi”.

MUHAMMADYUSU: “Endigina esdan chiqqanda, qotiyatgan axlatni titkilash shart emasdi...

Koshki edi bu titkilash biror o‘zgarishga sabab bo‘lsa...

Bu mavzu qayta ko‘tarilishiga ikkita sabab bo‘lishi mumkin...

1-sabab - muxlis e’tiborini “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yinidan chalg‘itish...

yoki...

2- sabab - Babayanni orqasidagi (tanka) gaga suv quyilgan (yoki suv quyilish arafasida)”.

Shovruq: “Siz aytgan “tanka” aniq bilaman 25 yil futbolimizni va iqtisodiyotimizni qonini ichgan kanalardan birining tagiga suv qo‘yilsa xalqning boshi osmonga yetadi”.

Eldor Rahmanov: “Xalqni axmoq deb o‘ylayaptimi bu Ahmadjonov. Hammasining oxiri bitta-ku. Ikkiyuzlamachalik qilyapti. Nasafni muammosidan chalg‘itmoqchi bo‘lyapti xalqni. “Paxtakor” – “Nasaf” o‘yini tahlili qachon bo‘ladi? Ma’lumot beringlar. Jurnalistlar sizlarga ham ko‘p narsa bog‘liq. Qo‘rqoq bo‘lmanglar!”.

RUSTAMOV.U: “Prezidentimizni qo‘shib gapiribdimi demak Prezident aparatidan “O‘FA atrofidagi masalalarga aniqlik kiritilsin" degan qalampir surtilgan xatcha olgan shekilli. Paxtaoy – “Nasaf” masalasida kimdir qurbon bo‘lish kerak bo‘lsa yana shu chala o‘lik, o‘yinlar oldi-sottisini bosh dalloli chekiga tushibdi. Baribir foydasi yo‘q, mol bor, molga xaridor bor dallolga ish topiladi. Buning uchun ASSOSIASIYA YAKINIGA YO‘LASH shart emas. Bunaqa ishlar panadagi restoranlarda qilinadi.

Futbolimizni chuqur ildizigacha tozalamasak, bundaylarga ish topiladi.

Qiskasi gapni aylantirmay “Paxtakor” – “Nasaf” masalasini yechish kerak. Janob Ahmadjonov bu kichkina masala emas, bu futboldagi yetishib kelayotgan, kelajakda MTJda uynaydigan yosh avlodni ruhiyatiga ta’sir qiladi. Natijasi restoranlarda hal qilingan o‘yinlarga, mavsum boshlanmasdan chempion aniqligiga kim jon kuydirib tayyorlanadi. O‘yinlar shunchaki bo‘laveradi, davlatni, xalqni pulini mantiqsiz futbolimizga sarflanaveradi”.

Ahmadbek: “Babayan O‘zbekiston fuqarosi, sud qilinib jazolanmagan, qayerda xohlasa o‘sha yerda yashaydi. To‘g‘ri xato qilgan, hamma xato qiladi. Babayan “Paxtakor”ni har qanday yo‘l bilan yuqori o‘rinda yurishi uchun ishlagan, sizlar ham shunday qilayapsizlar. Siz, Saidqosimov, G‘ofurov, hakamlar Sherzod Qosimov, Aziz Asimovlar bilan birgalikda “Paxtakor”ni har qanday yo‘l bilan yutishini ta’minlayapsizlar”.

OWNERMYUMC: “Mavzudan tashqari, undan ko‘ra stadiondagi muhit foto va video tavsvirlarni maydon holatlarini yaxshilashni o‘yleylar. Qachongacha stadionda faqat TV xodimini ko‘ramiz? Bir dona kamera bo‘ldi, endi yetar shuncha, biz hali ham tasvirga olish bo‘yicha 30 yil orqadamiz.

Surat mayli videoni ham to‘g‘rilash kerak. Hech bo‘lmaganda “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” yana ko‘rkamroq stadioni bor jamoalar stadionidan foydalanib ko‘rish kerakdir.

Xar tomonlama xar-hil vaziyatlarni ko‘rsatib berishsa, kimga yoqmaydi? Shu masalani ham ko‘tarish kerak. Birovlarni ortini kovlagandan ko‘ra, TV, viyeo, foto tasvirlarni yangilik innovasiya ob kiriylar”.

Yuqoridagi fikrlar Stadion.uz internet portali foydalanuvchilar tomonidan yozib qoldirilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:28, 08.04.2019.
O'qildi: 6164 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.