Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev

Mart oyining eng yaxshi darvozaboni – Botirali Ergashev

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.

2019 yilgi mavsumda ham mazkur an’anani davom ettiramiz. Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o‘zgarmaydi. Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

 Ortda qolgan mart oyida Coca  Cola  Superliga-2019 start oldi. Superliga doirasida jamoalar 2 ta tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

 Mart oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun tashkil etilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi posboni Botirali Ergashev eng ko‘p ochko jamg‘arishga erishdi. 2 ta o‘yinda maydonga chiqib, 4 ta seyv amalga oshirgan ushbu darvozabon qolgan raqobatchilarini ovoz berishda katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qaysi murabbiy va futbolchi kimga ovoz bergani PFL saytida barcha g‘oliblar ma’lum bo‘lgach e’lon qilinadi.

Manba: PFL
Kiritildi: 12:17, 11.04.2019.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.