Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Toshkentda o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichining taqvimi qanday?

Toshkentda o‘tadigan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichining taqvimi qanday?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 19-21 aprel kunlari Toshkent yana bir bor badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichlaridan biriga mezbonlik qiladi.

Ushbu bosqich Tokio Olimpiadasiga lisenzion ochkolar taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. O‘zbekiston gimnastika federasiyasining ma’lum qilishicha, ayni paytga kelib 23 davlat vakillari musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgan. Sportchilarning umumiy soni 73 nafarni tashkil etib, ularning 39 nafari yakkalik bahslarida qatnashishadi.

Mezbonligimiz ostida kechadigan musobaqada Sabina Toshkenboyeva hamda Yekaterina Fetisova yakkalik bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Guruh bellashuvlarida qatnashadigan gimnastikachilarimiz rossiyalik murabbiy qo‘l ostida hozirlik ko‘rishmoqda. Unda Nilufar Shomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Irnazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoyeva bahslarga kirishadi. Ayni paytda yurtdoshlarimiz jahon kubogiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borishmoqda.

Turnir 19 aprel kuni start oladi. Tantanali ochilish marosimi 19:30 ga belgilangan. 20 aprel kuni soat 13:30 dan ko‘pkurash bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bellashuvlar boshlanadi. 19:30 da taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 21 aprel kuni esa har bir element bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olinadi. 16:00 da musobaqaning tantanali yopilish marosimi boshlanadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:27, 13.04.2019.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.