Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Intervyu. Odil Ahmedov murabbiy bo‘lmoqchi emas, ammo...

Intervyu. Odil Ahmedov murabbiy bo‘lmoqchi emas, ammo...

Baho:
+2 | -

Har bir zamonning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Shu jumladan futbolda ham. Hozirda O‘zbekistonning birinchi raqamli futbolchisi, terma jamoamiz sardori, samimiy inson Odil Ahmedov bilan bo‘lgan suhbatimizni stadion.uz sayti mushtariylariga havola etamiz.

— Avvalambor, assalomu alaykum. Bilamiz, bir necha yillardan beri legioner sifatida omadli to‘p surib kelmoqdasiz. Va har qanday jamoada o‘z o‘rningizni topa olyapsiz. Bu kishini quvontiradi. Negadir, so‘nggi paytlarda ko‘plab futbolchilarimiz xorij klublariga o‘tgach, 1 mavsumdan so‘ng ortga qaytishni odat qilib olishdi. Legioner sifatida jamoada muqim o‘rin egallab qolishning siri nimada deb o‘ylaysiz?

— Va alaykum assalom. Futbolchining  legioner sifatida  klubda uzoqroq qolishi uning o‘ziga bog‘liq. Chunki boshqa muhit, boshqa jamoa, boshqa yurt. U xalqning madaniyatiga, turmushiga  ko‘nikishi kerak. Birinchi legoner bo‘lib borganda futbolchi o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. O‘zining xarakterini ko‘rsatsa, menimcha, futbolchi borgan jamoasida uzoqroq qola oladi.

— Mavsum boshida Toshkentning «Paxtakor» klubi siz bilan muzokara o‘tkazgan, degan axborot tarqaldi. Shu gap naqadar to‘g‘ri?

— To‘g‘ri, mavsum boshida «Paxtakor» men bilan aloqaga chiqdi. Klubim  1 yillik shartnomam borligi uchun  meni qo‘yib yubormadi. Shartnomam tugagandan so‘ng ular bilan gaplashishim mumkinligini aytib o‘tdim.

— Endi biroz ortga qaytamiz. BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidagi terma jamoamizning ishtirokini hamma har xil baholadi. Kimdir ijobiy, yana kimdir salbiy natija deb hisobladi. Shaxsan siz qit’a chempionatidagi ishtirokimizni qanday baholaysiz?

— Osiyo kubogidagi natijamiz qachon ijobiy bo‘lishi mumkin? Agarda finalga chiqsak, finalda yutsak. Finalgacha yetib bormadikmi, demak, bunga men futbolchi sifatida ijobiy baho bera olmayman. Chunki aytib o‘tganimdek, g‘alaba qozonsakkina ijobiy baho berishim mumkin.

— Gap terma  jamoa haqida ketgan ekan, shu savolni berish o‘rinli deb hisoblayman. Siz ham o‘zbek futbolining tirik afsonalridan biri hisoblanasiz. Ancha yillardan beri terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelasiz. Millionlab muxlislar orttirdingiz. Savolim shundan iboratki: Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuperning o‘yin uslubi va ko‘rsatayotgan natijalari muxlislarni ikki lagerga ajratib qo‘ygan. Ba’zilar uning ishidan mamnun va unga vaqt berilishini so‘rashmoqda, qolganlar esa, kechiktirmasdan hujumkor futbol taqdim etadigan murabbiy terma  jamoa boshqaruviga kelishini istashmoqda. Sizningizcha, Kuperning qolishi biz uchun foydaliroqmi yoki ketishi?

— Bilasizmi, ko‘plab murabbiylar bilan ishlaganman. Har birining o‘ziga xos taktika va strategiyasi, plyus va minus tomonlari mavjud. Shunga qaramasdan, futbolda har qanday kuchli murabbiyga ham natija ko‘rsatishi uchun vaqt talab etiladi. Shaxsan, men bu vaziyatda biron narsa deya olmayman. Chunki bu mavzuda Ektor Kuperni olib kelganlar va uni ishdan oladiganlar bosh qotirishgani ma’qul. Ular shu yo‘lni to‘g‘ri deb bilishgan bo‘lsa, bizning vazifamiz terma jamoa uchun to‘p surish va murabbiyning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarish.

— Ko‘plab futbol muxlislari va mutaxassislari Ektor Kuperni yoshlarga imkoniyat bermayapti deb hisoblamoqda. Nima deb o‘ylaysiz, terma jamoani butunlay  yoshartirish vaqti kelmadimi? Yoki natija beradigan kuchli tarkibni shakllantirgan to‘g‘riroqmi? Vaholanki, mana yangi jahon chempionati sikli boshlanishiga ham ozgina vaqt qoldi.

— Men termani yoshartirilishiga qarshi emasman. Nima qilishsa ham bu keyinchalik o‘z samarasini bersa bo‘lgani. Terma jamoa bu — Vatanimizning  yuzi hisoblanadi. Vatanimiz termasi JCHga chiqsa bo‘lgani, qolgani muhim emas.

— Xitoyda to‘p surayotganingizga ham 3 yildan oshdi. U yerga to‘liq moslashib oldingizmi? Chin yurti futbolidagi yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsangiz. Kelajagingizni yana 2-3 mavsum Xitoyda ko‘ryapsizmi?

— Musofir bo‘lmaguncha, musulmon bo‘lmaysan degan gap juda to‘g‘ri aytilgan ekan. Musofir bo‘lib odam qiyinchiliklarni ko‘radi, shukr qilishni o‘rganadi. Boshida ancha qiynalgan edim – til  borasida. Boshqa davlat, boshqa odamlar. Lekin, xitoyliklar odamga doim yordam qo‘lini cho‘zadi, qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi kunda ancha ko‘nikib qoldim. Lekin bu yil shartnomam tugaydi. Keyingi karyeram nima bo‘lishini bilmayman. Takliflar chiqsa, albatta, hammasini ko‘rib chiqib, bir qarorga kelaman.

— Hech kimga sir emas, kuchli beshlikdagi klublarning deyarli 99% xususiy klublardan tashkil topgan. Bizning Superligada esa birorta ham xususiy jamoa yo‘q. Nima deb o‘ylasiz, balki bizning klublarni ham xususiy qilish vaqti kelgandir?

— Gapingizga qo‘shilaman, men ham xususiy klub tarafdoriman. Ammo, bilasizmi, Yevropada shaxsiy klub katta biznes. Ular klublaridan katta daromad olishadi. Bizda esa, xususiy klub egasi bo‘lish ancha qimmatga tushadi. Xususiy klubdan daromad olish esa, juda qiyin. Shaxsan o‘zim avvalgidek 1 yoki 2 millionga tranfser qilish mumkin bo‘lgan futbolchilarni anchadan beri yurtimizda ko‘rmadim. Bizda xususiy klub biznesmenlarga foyda keltirmagani uchun yo‘q bo‘lsa kerak. Agarda bizning ichki chempionatimizda xususiy klublar paydo bo‘lsa, bundan futbolimiz faqat yutadi.

— Hamma narsaning boshi bo‘lganidek, oxiri ham bo‘ladi. Futboldan ketgach, murabbiylikda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Agar shunday bo‘lsa,  qaysi murabbiyning uslubidan foydalangan bo‘lar edingiz?

— Hozir futbol o‘ynayapman, shuning uchun  aniq bir gap ayta olmayman. Hozirgi holatimda murabbiy bo‘lish niyatim yo‘q. Balki vaqt o‘tib fikrim o‘zgarar. To‘g‘risi, Villash Boashning mashg‘ulot jarayoni, o‘yin uslubi, taktikasini doim yozib yuraman. Kelajakda murabbiy bo‘lsam, uning metodikasidan foydalangan bo‘lar edim.

— Siz Eto'o, Roberto Karlos, Xalk, Oskar singari ko‘plab yulduzlar bilan birga o‘ynagansiz. Va quvonarlisi, ular bilan birga o‘ynab jamoada o‘rningizni yo‘qotib qo‘ymagansiz. Sizningcha,  birga o‘ynaganlaringiz  orasida eng  kuchli futbolchi kim?

— Men o‘zim birga o‘ynagan futbolchilar orasida eng kuchlisi deb  Villianni bilaman. U juda  kuchli futbolchi.

— Eshitishimizga qarganda, masjid qurishdek xayrli ishga qo‘l urgan emishsiz. Shu haqida ma’lumot bera olasizmi?

— Ming bor uzr, shaxsiy savol bo‘lgani uchun bu savolingizni ochiq qoldiraman.

— Vaqtingizni ayamay, intervyu berganingiz uchun rahmat. Yaqinlaringizning baxtiga sog‘ bo‘ling.  O‘zbek xalqi siz bilan doimo faxrlanadi!

— Rahmat. Sog‘ bo‘ling!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:16, 14.04.2019.
O'qildi: 6401 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.