O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning 26-30 aprel kunlari Myanma davlatida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashishi haqida xabar berib o‘tgandik.
Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Karima Yo‘ldosheva shogirdlari Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport bazasida yig‘in o‘tkazishmoqda. Kecha terma jamoamiz qizlari yig‘in doirasida 2006 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalardan iborat "Chig‘atoy" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.
Uchrashuv 3:1 hisobida O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi foydasiga yakunlandi. Terma jamoamiz safida Madina Hikmatova dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bitta golni Laylo Shodiyeva kiritdi.
Ertaga Karima Yo‘ldosheva shogirdlari "Chig‘atoy-2005" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz Osiyo chempionati saralashida Avstraliya, Myanma va Nepal terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
«Real»ning 2026/27 yilgi mavsum uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi [3764]
Diomande APLga o‘tishga yaqin [3218]
«Chelsi» sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi [3183]
Rasman. Behruz Karimov Yevropa jamoasiga o‘tdi [2982]
“Barselona” Alvaresni qo‘lga kiritishning yangi usulini topdi [2740]
Ferran Torres «PSJ»ga o‘tishga yaqin — transfer qiymati ma’lum [2595]
Flik “Barselona”ning ikki futbolchisiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi [2470]
Mourinyo «Real»da beshta yangi qat’iy qoida joriy qildi [2405]
Polymarket Chempionlar ligasi — 2026/2027 mavsumining favoritlarini aniqladi [2319]













