“Barselona”Evropa chempionlar ligasining ¼ finalida “Manchester Yunayted”ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu o‘yinda Messi o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi, tanaffusdan so‘ng Filippe Koutinyo o‘yinga nuqta qo‘ydi.
“MYU” darvozasiga urilgan barcha gollar jarima maydonchasi tashqarasidan urildi – bunday natijani “ko‘k-anorranglilar” 9 yil ichida ilk bor qayd etishdi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, 2010 yil kataloniyaliklar “Shtutgart”ga qarshi o‘yinda huddi shunday natijani qayd etishgan edi.