Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Asror G‘ofurov: «O‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz shart»

Asror G‘ofurov: «O‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz shart»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor,ertaga Superliganing 5-turida“Andijon” o‘zida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi.

Bu “Andijon”ning joriy mavsum “Sog‘lom Avlod”dagi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Uchrashuv oldidan “burgutlar” yarim himoyachisi Asror G‘ofurov fikrlari bilan qiziqdik.

- Assalomu alaykum, Asror aka “Nasaf”ga qarshi tayyorgarliklar qay darajada o‘tmoqda, futbolchilarning kayfiyati qanday?

- Tayyorgarliklar avjida. Nasib qilsa, o‘z maydonimizda g‘alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz. Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart. Bu o‘yinni butun Andijon kutyapti.

- To‘rtta o‘yindan buyon "Andijon" g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Mavsum avvalida jamoaning maqsadlari jiddiyligi haqida bong urilgandi.

- Barchasi yaxshi faqat ohirgi to‘rtta o‘yinning barchasini safarda o‘tkazdik. Mehmonda o‘ynash har doim qiyin. Endi o‘z maydonimizda o‘ynashni boshlaymiz va albatta g‘alaba qozonishni ham.

- So‘nggi turda safarda "Bunyodkor"ning ancha yosh tarkibiga mag‘lub bo‘ldinglar. "Bunyodkor"ni mag‘lub etishda sizlarga nima yetishmadi?

- Bizga bu o‘yinda omad yetishmadi. Omad kelmasa, qiyin ekan...

- Agar jamoa g‘alaba qozona olmasa, albatta barcha ayb jamoa murabbiyiga yuklatiladi. Eldor Sakayevning ehtimoliy iste’fosi haqida fikringiz.

- Bu haqida hech narsa deya olmayman. Murabbiyni ohirigacha qo‘llab-quvvatlaymiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:35, 17.04.2019.
O'qildi: 7002 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик