Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Otabek Shukurov Londonda muvaffaqiyatli operasiya qilindi (foto)

Otabek Shukurov Londonda muvaffaqiyatli operasiya qilindi (foto)

Baho:
+ | -

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov shu yilning mart oyida "China cup-2019" xalqaro musobaqasidan o‘rin olgan Xitoyga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Keyinchalik tekshiruvlar natijasida Shukurovning boldir suyagi pastdan singani ma’lum bo‘ldi. "Sharja" klubi shifokorlari Otabek Shukurovning jarohatini ko‘zdan kechirib, Londonda operasiya orqali davolashga qaror qilishgandi.

Qayd etish kerakki, milliy terma jamoamiz yarim himoyachisining operasiyasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Operasiyani angliyalik tajribali jarroh Mark Devis o‘tkazdi. Endilikda u qo‘shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.

Bugun Otabek Shukurovning jamoasi BAA milliy chempionatida "Al-Ayn" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin oldidan Shukurov jamoadoshlariga omad tilab, yo‘llagan videomurojaati "Sharja" klubining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi. Videomurojaatda Shukurov tez orada yanada kuchliroq bo‘lib maydonga qaytishini aytib o‘tgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:06, 17.04.2019.
O'qildi: 4484 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик