Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Konor Makgregorning hayot qoidalari

Konor Makgregorning hayot qoidalari

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Konor Makgregorni sport muxlislari orasida xush ko‘radiganlari ham, uni yoqtirmaydiganlar ham juda ko‘p.

U aralash yakkakurash sohasiga kirib kelgan paytlari ismini ko‘pchilik bilmasdi, ammo keyinchalik shunchaki superyulduz bo‘libgina qolmay, MMA olamini butunlay o‘zgartirib yubora oldi.

Bugun Worldnews.uz axborot agentligi ushbu sportchining turli sohalarga tegishli bo‘lgan iqtiboslari va hayotiy qarashlari aks etgan nutqlarini keltirib o‘tadi.

Inson hayotida orzuning roli haqida...

”Hamma joyda o‘zim uchun ilhom topishga harakat qilaman. Biror insonning orzu ortidan borayotganini ko‘rsam, bu ham meni ilhomlantirib yuboradi”.

”Agar orzuyingiz sizni qo‘rqitmasa, demak u yetarlicha buyuk g‘oya emas. Orzu imkon qadar kattaroq bo‘lishi kerak”.

”Har doim orzumand inson bo‘lganman va birinchi istagim futbolchi bo‘lish edi. Bir olam vaqtimni maydonda o‘tkazar, oqshom tushgunga qadar mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanardim. Haqiqatan futbolni yaxshi ko‘rardim va uni tomosha qilishdan ko‘ra ko‘proq o‘ynashni yoqtirardim. Ammo o‘zim uchun jang sa’natini kashf qilgan kunim – bu yangilik meni yuqoriga ko‘tarib yubordi. Endi jarayonni to‘xtatib bo‘lmasdi”.

”Inson doim orzu qilishi kerak. Har doim. Orzularingizning amalga oshishi boshqalarga qanchalar ishonarsiz bo‘lib tuyulmasin, orzu qilishda davom eting va o‘z istaklaringizni amalga oshirish uchun harakat qiling.

Sport va hayotdagi muvaffaqiyat haqida...

”Sportda muhim rolni doimiylik tushunchasi o‘ynaydi. Siz biror narsa, misol uchun tong payti yugurishdan ilhom olishingiz mumkin, kerak bo‘lganda esa buni bajarmaslik va karavotdan turmaslik uchun mingta bahona to‘qib tashlashingiz ham mumkin.

O‘zingizni chempion sifatida tasavvur qilish juda muhim, yutuqlar esa vaqt zimmasidagi masala bo‘lib, yutqazishdan qo‘rqmasligingiz kerak.

Bu haqidagi barcha xayollardan xalos bo‘ling. Orzuyingiz uchun har safar karavotdan turganingizda, har safar mashqni yana bir marta qo‘shib bajarganingizda g‘olib bo‘laverasiz. Chegaralar aslida mavjud emas – ular faqat bizning ongimizda bor xolos.

Ma’lum nom va chempionlik kamarlari ham yo‘q – men uchun faqat bitta nom bor – bu Makgregor nomi! Har safar jangga chiqqan paytimda shaxsiy chempionlik kamarimni himoya qilaman”.

”Muvaffaqiyatli odamlarning 3 siri bor: o‘ziga bo‘lgan ishonch, ijobiy fikrlash, samimiy va qattiq mehnat. Aksariyat insonlar ushbu prinsiplarni yaxshi bilishadi, ammo ularning barchalari ham buni amalda qo‘llay olishmaydi. O‘zingizni kim sifatida ko‘rishingiz – juda muhim. Balki siz o‘z shaxsingizni barcha kamarlar va mukofotlarga ega qirol deb tasavvur qilarsiz, shunday bo‘lsa boshqalarning nima deyishi kimga qiziq? Agar o‘zingizga ishonishda davom etsangiz kun kelib omadni ham qo‘lga kiritasiz”.

”Men har bir inson o‘z hayotini nazorat qila olishiga ishonaman. Boshqalarni har narsada ayblash – noto‘g‘ri fikr. O‘z energiyangizni atrofdagilarni ayblash uchun sarflash o‘rniga harakat qiling, vaziyatni o‘zgartiring”.

”O‘z muvaffaqiyatlaringizdan boshqalar kabi qo‘rqib ketmang. Menimcha, aksariyat odamlar haddan tashqari yuqori cho‘qqilardan qo‘rqishadi. Ammo men bundaylar toifasidan emasman. Men omad ortidan boraman”.

”Shug‘ullanayotgan ishingizga ehtirosli mehr berishingiz kerak. O‘zingizga qiziq bo‘lgan narsani tanlang, orzu tomon boring, hech narsadan qo‘rqmang”.

Og‘ir mehnatning o‘rni haqida:

”Siz o‘ylayotgan, orzu qilayotgan, siz ishongan barcha narsalar erta yoki kecha bo‘lsa ham amalga oshadi. Faqat qattiq mehnat qilish kerak. Men o‘zimning barchadan yaxshiroq ekanligimga ishonaman. O‘zimni xayolan oliy o‘rinda tasavvur qilaman, ko‘rib turganingizdek bu ish mevalarini ham beryapti”.

”Qimmatbaho toshni zararsiz holatda sayqallab bo‘lmaydi. Inson ham ko‘p mehnat qilmay turib muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi”.

”Inson o‘ziga ishonib, mehnat qilishni boshlaganda qancha marralarni zabt eta olishi juda hayratlanarli”.

”Chegara mavjud emas, faqat mehnat bor. Bu haqiqiy qaramlik, tushunyapsizmi? Biz barchamiz tengmiz, hammamiz odamlarmiz. Mehnat qilsangiz, o‘zingiz istagan odamga aylana olasiz, cho‘qqilarni zabt etasiz. Men iqtidorli emasman, men mehnatning quliman xolos”.

Mag‘lubiyatni qabul qilish haqida:

”Mag‘lubiyatlarni erkak kabi qabul qilaman. Undan egilib qolmayman. Men o‘z hayotim davomida turli vaziyatlar bilan to‘qnash kelganman. Barchasidan o‘taman va kuchliroq bo‘lib qaytib kelaman. Hech qachon muammolarga egilib qolmang. Qiyinchiliklardan qochib ketmang, boshingizni baland ko‘taring”.

Vatanga muhabbat haqida:

”Amerika hech qachon mening uyim bo‘lmaydi, mening vatanim Irlandiya. O‘z Vatanim bilan faxrlanaman, hech narsaga qaramasdan uni eng yaxshi joy deb hisoblayman. Amerikaga biror narsa uchun borish kerakmas menga. AQSHga kelishimning yagona sababi – UFC xolos. Irlandiya dunyodagi eng yaxshi joy, men baxtli va g‘ururli irlandman”.

Sevgan ayolining omaddagi o‘rni haqida:

”Bir anchadan beri birga hayot kechirib kelmoqdamiz. Irlandiyada, Dublindan 30 kilometr uzoqlikdagi ijara uyda 188 yevro miqdoridagi ishsizlik nafaqasi hisobiga yashardik. Bor vaqtimni zalda o‘tkazganim uchun ishsiz bo‘lganman. Men chempion bo‘lishimga ishonardim. U ham bu fikrga, menga ishonib yashardi.

Yetishmovchiliklarga qaramasdan to‘g‘ri taomlanishim, doim kun tartibiga rioya qilishim uchun harakat qilardi, buning uchun butun borlig‘ini baxsh etardi. Navbatdagi mashg‘ulotdan keyin uyga kelgan paytimda menga qarab: ”Konor, men bilaman, qo‘lingdan keladi!” derdi. Bugun millionlab pul topaman, janglarim 50-70 ming tomoshabinni yig‘a oladi.

O‘zim uchun istalgan mashinani, istalgan kiyim va uyni sotib olishim mumkin. Ayolim ham bunga, bundan-da ortig‘iga munosib. U hamon yonimda va haligacha barchasi qo‘limdan kelishini aytib yashaydi”.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 06:13, 20.04.2019.
O'qildi: 5551 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.