Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YECHL tarixida sensasion ravishda yarim finalga chiqqan jamoalar

YECHL tarixida sensasion ravishda yarim finalga chiqqan jamoalar

Baho:
+ | -

«Ayaks»ning YECHLda yarim finalga qadar yetib kelgani ko‘pchilik uchun kutilmagan hodisa bo‘lgani aniq. Bugun yaqin o‘tmishdagi sensasion ravishda turnirning yarim finaliga qadar yetib kelgan klublarni yodga olamiz

«Deportivo»

O‘rtamiyona klublar sirasiga kiruvchi jamoa 2003 -2004 - yilgi mavsumda ichki chempionatda g‘alaba qozonib hammani hayratda qoldirgan bo‘lsa, YCHLdagi fantastik o‘yinlari bilan o‘zlarini ham hayratda qoldirishgan bo‘lsa ajab emas. «Monako»dan guruhda 8:3 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olishlariga qaramasdan pley-offga chiqqan ispanlar «Yuventus»ni dog‘da qoldirgani yetmagandek, chorak finalda amaldagi chempion «Milan»ga mehmondagi uchrashuvdan 4 : 1 hisobida mag‘lub bo‘lib, javob uchrashuvida 4 : 0 hisobidagi g‘alaba bilan yarim finalga yetib kelishadi. Tarkibida Pablo, Luke, Tristan, Pandiani singari futbolchilari bor jamoani Jozening «Poru»si progmatik futbol evaziga to‘xtatib qoladi. Shunday bo‘lsada, o‘sha mavsumdagi «Deportivo»ning o‘yinlari muxlislar yodida abadiy qolishi aniq.

«Vilyarreal»

2005 – 2006 - yilgi mavsumlarda Manuel Pellegrini boshchiligidagi «Sariq suv osti kemasi» Yevropani o‘ziga qaratgan edi. «Manchester Yunayted»ni ikkinchi o‘rinda qoldirib guruhdan chiqqan ispanlar avvaliga «Glazgo»ni so‘ng «Inter»ni musobaqadan chiqarib yuborishadi. Yarim finalning ilk uchrashuvida mehmonda «Arsenal»ga minimal hisobda yengilgan Pellegrini shogirdlari javob uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda penaltidan foydalana olmaydilar va alamli tarzda turnirni tark etishadi. Tarkibida Forlan, Senna, Rikelmi singari futbolchilari bo‘lgan «Vilyarreal» 2005 – 2006 -yillar o‘z tarixidagi eng kuchli mavsumlardan birini o‘tkazgan yedi.

«Monako»

2015 – 2016 – yilgi mavsumlarda Leonardu Jardim boshchiligidagi klub guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi. Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» bilan bo‘lgan fantastik to‘qnashuvda g‘olib bo‘lgan jamoa «Borussiya Dortmund»ni ortiqcha qiyinchiliksiz dog‘da qoldiradi va yarim finalga yo‘l oladi. Tarkibida Mbappe, Bernardo Silva, Fabino, Lemar singari futbolchilari bor klubga yarim finalda biroz tajriba yetishmagan edi. O‘sha yilgi «Monako» safidagi futbolchilar hozirda super yulduzga aylanib ulgurishgani «Monako»ning o‘sha paytda naqadar kuchli tarkibga yega yekanligini bildiradi desak, adashmagan bo‘lamiz.

«Lion»

2009 – 2010 – yilgi mavsumda YECHLda shov-shuv ko‘targan fransuzlar Kaka va Ronaldusi bor «Real Madrid»ni nimchorak finaldan ortga qaytishga majbur qilgan bo‘lsa, chorak finalda «Bordo»ni mag‘lubiyatga uchratib yarim finalga yo‘l olishgan edi.

O‘sha mavsum Ugo Lyoris YECHL uchrashuvlarining 5 tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan bo‘lsa, Piyanich 4 ta gol va 4 asist bilan grand klublar e’tiboriga tushgan edi. To‘gri, klub «Bavariya»ga qarshi yarim finalda aytarli hech narsa qila olmagan bo‘lsada, tarixdagi so‘nggi jiddiy natija sifatida  muxlislar tomoidan tez-tez yodga olinadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:43, 21.04.2019.
O'qildi: 11801 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.