Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyatlar doimo yonma-yon bo‘lishi hech kimga sir emas. Futbolning asl jozibasi ham shundadir balki. Shunga qaramasdan ayrim mag‘lubiyatlar borki, yodingizga tushganida ko‘nglingiz biroz hijil bo‘ladi. Bugun ana shunday mag‘lubiyatlar haqida qisqacha
«Stok Siti» 6 : 1 «Liverpul»
2015-yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Brenden Rojers boshchiligidagi «Liverpul» yaqqol fovorit sanalgan bo‘lsada, juda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragani ko‘plab mutaxassislarni hayratda qoldirgan edi. Eng qizig‘I shundaki, aynan o‘sha uchrashuv Stiven Jerrard uchun «qizillar» safidagi so‘nggisi edi. Hisob yiriklashib ketganida «Stok Siti» futbolchilari Stivga gol urish uchun imkoniyat yaratib bergani taxsinga sazovor. «Liverpul» o‘z tarixidagi eng kuchli futbolchilaridan birini hokkeyda ham kam uchraydigan yirik mag‘lubiyat bilan kuzatib qo‘ygani ko‘plab muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Germaniya 1 : 5 Angliya
Bu terma jamoalar deyarli bir asrdan beri prinsipal raqiblar sanalishadi. 2002- yilda qit’amizda bo‘lib o‘tgan mundial uchun saralashda to‘qnash kelgan grandlar guruhdagi birinchi o‘rin uchun ayovsiz kurash olib borishgan edi. Saralash yakuniga 2 tur qolgan, Germaniya guruhda yetakchilik qilar, bir qarashda birinchi o‘rinni naqd qilgandek his uyg‘otardi odamda, ammo inglizlar hammasini chippakka chiqarishadi. Myunxenda bo‘lgan uchrashuvda tezkor gol urib hisobda oldinga chiqib olgan «nemis mashinasi» g‘alabani cho‘ntakda deb hisoblay boshladimi yoki boshqa sababmi o‘z darvozasidan naqd 5 ta gol olib chiqishga majbur bo‘ladi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng nemislar JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish huquqini yo‘qotishadi va o‘tish uchrashuvlari orqali mundialga yo‘l olishadi. Keyinchalik,Germaniya OAV Angliyadan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni nemis futboli tarixidagi eng sharmandali va alamli mag‘lubiyat deya e’tirof etishgan edi. Darhaqiqat, Germaniya terma jamoasining o‘z uyida bunday yirik hisobda avval ham yengilganini hech kim eslay olmasa kerak.
“Manchester Yunayted 8 : 2 «Arsenal»
APL o‘zining shiddatli va murosasiz bahslari bilan millionlab muxlislar e’tibor markazida turishi hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, 2010-2011-yilgi mavsumda bo‘lib o‘tgan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari to‘qnashuvi APL ga hos bo‘lmagan natija bilan yakunlangan edi. Ikki azaliy raqib to‘qnashuvi kutilmaganda «Qizil iblislarning» 8 : 2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Aynan o‘sha mag‘lubiyat Arsen Vengerning kursisini qattiq silkitib yuborgan, Vengerning davri tugaganini bildiruvchi qo‘ng‘iroq esa baland ovozda butun dunyoga yangragan edi.
Braziliya 1 : 7 Germaniya
2014-yildagi mundial deganda ko‘pchilkning hayoliga aynan shu uchrashuv kelishi aniq. «Penta kampion»larning yarim finalda Germaniyadan qabul qilib olgan mag‘lubiyati mezbonlar uchun «millat fojeasi»ga aylanib ketgan edi. Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng futbol qiroli Pele: «Braziliya futboli hali hech qachon bu qadar ojiz qolmagan.»,-degan edi. 3-o‘rin uchun bo‘lgan bahsda ham yengilgan «salesao» futbolchilari va butun Braziliya og‘ir ahvolga tushib qoladi… To‘g‘ri, 2016-yildagi Olimpiyada g‘olibligi muxlislarni biroz ruhlantirdi, ammo Germaniyaga boy berilgan uchrashuv yomon tushdek odamlar xotiralasida abadiy qolajak.