Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Yozda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Zamonaviy futbolda saviyali futbolchining narxi tobora ko‘tarilib bormoqda. Shunga qaramasdan, ayrim sabablarga ko‘ra ba’zi futbolchilarni mavsum so‘ngida tekinga qo‘lga kiritish imkoniyati  ham mavjud. Bugun o‘z klubida katta ehtimol bilan so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan futbolchilar haqida qisqacha

Deniyel Starridj

Jarohatlari tufayli futboldan uzoq muddat chetda qolishga majbur bo‘lgan futbolchi kariyerasini tiklab olish maqsadida «Liverpul» va «Ves Bromvich» klublarida to‘p surgan bo‘lsada, aytarli hech narsaga erisha olmadi. Uning «qizillar» bilan tuzgan shartnomasi yozda nihoyasiga yetishini hisobga olsak, klub u bilan yangi bitm tuzishiga ishonish qiyin. Shunday ekan, futbolchining keyingi manzili katta ehtimol bilan APLning o‘rtamiyona klublaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Oliviye Jiru

«Evropa Ligasi»da gol urishdan charchamayotgan futbolchining yozda klub bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga yetadi. Oliviyega asosiy tarkibda joy topilmaydigandek ko‘rinmoqda. Sarri boshidanoq markaziy hujumga Eden Azarni qo‘yib, Oliviyega imkoniyat bermayotgan bo‘lsa, endilikda Gonzalo Iguainning «Chelsi»ga kelishi Fransuzning imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Jiruning iqtidoriga hech kimda shubha yo‘q, ammo «har bir murabbiyning o‘z hujumchisi bo‘ladi» deganlaridek, Jiru Sarriga sira mos kelmadi. Uni katta ehtimol bilan «Lion» tarkibiga qo‘shib oladi. Futbolchiga «Lion»dan tashqari bir nechta Xitoy  klublaridan ham takliflar mavjud. Ko‘ramiz Oliviye qanday yo‘l tutar ekan?

Ektor Errera 

«Portu» Meksikalik futbolchini bir necha yillardan beri jamoasida saqlab qolishga harakat qilmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi APL klublaridan biriga o‘tishga juda yaqin kelgan bo‘lsada, klub uni qimmatroq pullashga urungani uchun kelishuv amalga oshmagan edi. Endilikda futbolchi o‘z ixtiyori bilan «ajdarlar»ni tark etish imkoniyatiga ega. Buning uchun mavsumni tugashini kutish kerak holos. Ektor yangi shartnoma imzolashi uchun klub katta maosh belgilashi zarur. Futbolchilarni sotishdan daromad ko‘ruvchi klub uning xohishlarini qondirishdan ko‘ra, yangi iqtidorlarni kashf qilishni afzal bilsa tez orada ajoyib yarim himoyachi erkin agentga aylanadi. Unga hozirning o‘zidayoq «Uotfurd» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda. Ko‘ramiz «Portu» uni olib qoladimi yoki erkin agent sifatida bepul qo‘yib yuboradimi?

Xuan Mata va Ander Errera

Ispaniyalik futbolchi «Manchester Yunayted»dagi 6- mavsumini o‘tkazmoqda. Katta ehtimol bilan bu uning so‘nggi mavsumi bo‘lsa, ajab emas. U qanchalar urinmasin «qizil iblislar»ning asosiy o‘yinchisiga aylana olmadi. Mataga «Barselona», «Valensiya», «Sevilya» singari klublarning qiziqish bildirayotganini inobatga olsak, uning Manchester shahrida qolishiga ishonish qiyin. Futbolchining o‘zi zahirada o‘tirishdan ko‘ra o‘rtamiyona klubda bo‘lsa ham maydonga tushishni afzal ko‘rsa, ajab emas. Uning klubdagi yana bir vatandoshi Ander Ereraning ham vaziyati unikiga o‘xshash. Qariyib 5 yildan beri APLda to‘p surayotgan futbolchi uchun «qizil iblislar»ning murabbiylari qulay pozisiya yaratib bera olmadi. Futbolchining o‘zi esa, sovrinlar yutish va terma jamoada muqim o‘ynash uchun ham yozda klubni tark etishi mumkin. To‘g‘ri, uning klubda tutgan o‘rni Matanikidan kattaroq, lekin Erera bundanda ko‘pro‘g‘iga loyiq desak, adashmagan bo‘lamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:31, 23.04.2019.
O'qildi: 9417 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.