Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yosh chavandozlarimiz yurtimiz ilk marotaba mezbonlik qilgan nufuzli turnirda qanday natija qayd etishdi ? (fotolavhalar)

Yosh chavandozlarimiz yurtimiz ilk marotaba mezbonlik qilgan nufuzli turnirda qanday natija qayd etishdi ? (fotolavhalar)

Baho:
+ | -

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Allyur” ot sporti klubida uch kun davom etgan “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogi yakuniga yetdi. 

Ushbu musobaqa ot sporti bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan chavandozlar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanib, ushbu sport turi bo‘yicha bunday saviyadagi musobaqa O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazildi.


Yirik xalqaro musobaqada sayyoramizning besh qit’asidagi 12 davlatdan yig‘ilgan eng iqtidorli chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

 

Musobaqada har bir mamlakatdan oltin tur natijalariga ko‘ra o‘z FEI guruhida eng yaxshi 10 talikka kira olgan sportchilarning ishtirok etishiga ruxsat etilganidan ham bahslarda qay darajada mahoratli sportchilar qantashganini ko‘rishimiz mumkin.


Xalqaro bolalar kubogining ilk kunida ishtirokchilar belgilangan masofani tez va bexato bosib o‘tish bo‘yicha o‘zaro raqobatlashdi. Unda rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli oti bilan eng yaxshi natija qayd etib, 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, terma jamoamiz a’zosi Zokir To‘rajonov o‘zining Charlz Teron laqabli oti bilan ikkinchi yaxshi natijani qayd etdi. Yana bir vakilimiz Miryoqub Ismolilov esa Ledi laqabli tulpori bilan 3-o‘rinni egalladi.

Musobaqaning ikkinchi kunida chavandozlar balandligi 1 metru 10 santimetr bo‘lgan to‘siqlarni tez va bexato bosib o‘tish bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdi. Ushbu bahslarda sovrinli o‘rinlarni Meksika, Suriya va Rossiya vakillari bo‘lishib oldi.

So‘nggi kunida ishtirokchilar balandligi 1 metru 10 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan sakrash bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Shunisi e’tiborliki, ilk urinishda biryo‘la 10 (!) nafar yosh chavandoz deyarli bir xil natijani qayd etdi va g‘olibni aniqlash uchun yana qayta sakrashiga to‘g‘ri keldi. Ana shu 10ta omadli chavandoz safidan o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi o‘rin olishgani ham tahsinga loyiq. 

Ikkinchi urinishda hamyurtimiz Li Sofiya eng past natija ko‘rsatgan bo‘lsa, yana bir vakilimiz Abdurahmon Abdullayev 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Zokir To‘rajonov o‘zining Charlz Teron laqabli otida belgilangan masofani atigi 35 soniyada va bexato bosib o‘tdi. Bu natija uni musobaqa peshqadamiga aylantirgandi. 

Ammo Zokirning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, oradan ko‘p o‘tmay yana bir vakilimiz Miryoqub Ismoilov Ledi laqabli oti bilan undanda yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Ko‘pchilik “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasining oltin va kumush medallari mezbonlarga nasib etishini taxmin qilib turgan bir pallada ikkinchi bosqichning so‘nggi vakili rossiyalik Darya Kukushkina Kardinal laqabli tulporida ajoyib chiqishi bilan Miryoqubdan atigi 0,01 soniyaga ortda qolgan holda yakunda ikkala o‘zbekistonlik chavandoz orasidan joy oldi. 

Shu tariqa “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” musobaqasida hamyurtlarimiz oltin hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Manba: Minsport
Kiritildi: 07:52, 25.04.2019.
O'qildi: 1958 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.