Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Tiago Bezerra: «Palovning mazasi og‘zimda qolgan»

Tiago Bezerra: «Palovning mazasi og‘zimda qolgan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Joriy mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, stadionga minglab muxlislarning qaytishiga sababchi bo‘layotgan «Paxtakor» joriy yil boshida tarkibda katta yo‘qotishlarga uchragandi. Odatdagidek, ketganlar o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi futbolchilar jalb etildi.

Jamoani tark etganlar ro‘yxatiga bevosita nazar tashlaydigan bo‘lsak, Ismoil Gonsalvesh, Tiago Bezerra, Akmal Shorahmedov kabi yulduzlarni uchratish mumkin. Ayniqsa, braziliyalik mahoratli yarim himoyachining klubdagi o‘rni beqiyos edi. Uning tezkor harakatlari, urgan gollari yosh futbolchilar uchun o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tadi. Bezerraning kutilmaganda «sherlar» safini tark etishi ko‘pchilikni hayron qoldirgani rost. Ayni damda Qatarda to‘p surayotgan futbolchi bilan bog‘lanib, undan yurtimizda olgan taassurotlari, o‘zbek futboli haqidagi xulosalari va boshqa mavzular yuzasidan intervyu oldik.

 

- Tiago, O‘zbekistonda o‘tkazgan bir yarim yil davomida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz?

- O‘zbekistonda, sobiq jamoam «Paxtakor» safida ajoyib damlarni o‘tkazdim. Yurtingiz va samimiy insonlar men va oilamga juda manzur bo‘ldi. Taassurotlar bir olam. Yaxshi do‘stlar orttirdim, muxlislar qalbidan joy oldim. Qisqasi, bari a’lo darajada kechdi.

- «Paxtakor»ni tark etishingizni sira kutmagandik...

- Hali-hamon «Paxtakor»ga qaytib, Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynagim kelyapti. Ammo bu har bir futbolchining qismatidir. O‘zim uchun qaror qabul qilishim kerak edi, oilam va menga Qatar taklifi maqul bo‘ldi. Muxlislar meni to‘g‘ri tushunishadi, deb o‘ylayman.

- Mahalliy futbolchilarimiz xususida nima deya olasiz?

- Aftidan, 23 yoshgacha bo‘lgan termangiz safida Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilarni nazarda tutyapsiz. Ularning bu darajaga kelishida faqat omadni ro‘kach qilmagan bo‘lardim. Barchalari kuchli, mahoratli o‘yinchilar. Agar milliy jamoada ham yoshlarga imkon berilsa, shubhasiz, O‘zbekiston milliy termasi Qatarda o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l oladi.

- O‘zbekistondagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Albatta. Yuqorida ta’kidlaganimdek, Toshkentda hayotimdagi unutilmas damlarni, futbolchilik davrimdagi buyuk onlarni o‘tkazdim. Avvalgi mavsumimni shunchaki fantastikaga qiyoslashim mumkin. Eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi to‘purar maqomiga sazovor bo‘ldim. Rosti, bunday yutuqlarga erishishni taxmin qilmagandim.

- Viloyat jamoalaridan qay birini alohida e’tirof etasiz?

- Toshkent klubida to‘p surganimni inobatga olsak, «Paxtakor»dan boshqa muayyan bir jamoani ajratib ko‘rsatolmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki, poytaxtdan tashqaridagi stadionlarda, minglab muxlislarning olqishi ostida o‘ynashdan zavq oldim, albatta. O‘z navbatida, «Lokomotiv»ning chempionlarga xos o‘yin ko‘rsatganini alohida ta’kidlamoqchiman.

- Legioner sifatida bir qator mamlakatlar chempionatida o‘ynagansiz, u yerdagi muxlislik darajasidan yaxshi xabardorsiz. Shu ma’noda, o‘zbekistonlik ishqibozlar ulardan nimasi bilan farqlanadi?

- Yurtingizdagi aksariyat uchrashuvlar muxlislar to‘la stadionda, ajoyib muhitda o‘tdi. O‘z navbatida, «Paxtakor» ishqibozlari ham har jabhada fidoyilik namoyish etishdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ijobiy natijalarga erishdik. Jonkuyarlik bobida o‘zbekistonlik muxlislar hech kimdan qolishmasligini e’tirof etishim mumkin. Ular men uchun bebahodirlar.

- Dilingizni xira qilgan holatlar ham yuz berdimi?

- Deyarli bunday vaziyatga tushmadim. Muhimi, yurtingiz tinch, osoyishta. Futboldan tashqari vaqtni maroqli o‘tkazish uchun sharoitlar yetarli. Boz ustiga, palov, shashlik kabi milliy taomlaringizni otam ikkimiz sevib iste’mol qilardik. Ayniqsa, oshning mazasi og‘zimda qolgan.

- «Sherlar»ning Osiyo Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi ishtirokini kuzatyapsizmi?

- Vaqt topishim hamono, iloji boricha «Paxtakor»ning har bir uchrashuvini ko‘rib boryapman. Darhaqiqat, sobiq jamoadoshlarim OCHLda yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda. Qatardagi do‘stlarimga ham O‘zbekiston klubida o‘ynaganimni g‘urur va faxr bilan so‘zlab beraman.

- Kelajakda o‘zbek klublaridan takliflar tushsa, qaytarmidingiz?

- Albatta. Bunga hamisha tayyorman. Agar yaxshi takliflar bo‘lsa, ko‘rib chiqaman, axir O‘zbekiston endi menga begona yurt emas.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:50, 25.04.2019.
O'qildi: 8550 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.