Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Yapon fortunasi yoki Yevropadagi eng «yaponcha» klubga nazar

Yapon fortunasi yoki Yevropadagi eng «yaponcha» klubga nazar

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Gap Dyusseldorfning «Fortuna»si haqida ketmoqda. Bu jamoa sayti hattoki, iyeroglif yozuvida ham ish olib bormoqda. Sir emas, yaponiyalik ilg‘or futbolchilar yevroarenada allaqachon o‘z joylarini topib ulgurishdi. «Kunchiqar yurt» vakillari ayniqsa, Bundesligada o‘zlarini erkin his qilishadi. Umuman, osiyolik futbolchilarga «ko‘hna qit’a»da eng ma’quli - bu aynan Germaniya chempionati. Shundan bo‘lsa kerak, «sariq qit’a»ning katta qismida Bundesligaga qattiq qiziqishadi. Biroq hech qaysi klub o‘zining marketing strategiyasini asosan «kunchiqar yurt»ga qaratgan emas, faqat «Fortuna» bundan mustasno.

Ulkan diaspora

Yaponiyaning Yevropadagi eng katta diasporasi aynan Dyusseldorfdan qo‘nim topgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharda ayni payt 8 mingdan ziyod yapon millatiga mansub kishi istiqomat qilmoqda. Diqqatga sazovor tomoni, Dyusseldorfning qoq markazi - Immermannstrasse rayoni atrofida yapon kvartali qad ko‘targan. Qanaqasiga? Yaponlar shahar markazini qanday «o‘zlashtirib» olishgan? Gap shundaki, o‘tgan asrning 70-80-yillari Dyusseldorfda Yaponiyaning ko‘plab yetakchi korporasiyalari shtab-kvartirasi uchun joy ajratilgan. Yana e’tiborga olish kerak, shaharda yashayotgan aksariyat yaponlar - to‘liq ta’minlangan kishilar. Qisqasi, ular Yaponiyaning boy kompaniyalari ofisida katta maosh evaziga ishlashadi. Shaharda sanoqsiz restoranlar, mehmonxonalar va do‘konlarni o‘z ichiga olgan shunday rivojlangan rayonning paydo bo‘lishi — bu nemis biznesmenlarining osiyolik mehmonlarga xayrixoh ekanliklari samarasi. Mana, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, yapon kvartali Dyusseldorfning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylandi. Bu joyni mahalliy aholi ham juda qadrlaydi.

 

Homiylik kelishuvi

Butun futbol dunyosi Yaqin Sharq aviakompaniyalari, Germaniya avtokonsernlari va Rossiya neft korporasiyalari bilan homiylik shartnomalari tuzish uchun kurashayotgan bir pallada «Fortuna» oson yo‘ldan borib, Dyusseldorfda mavjud manbaga tayanmoqda. Klubning marketing bo‘limida yaponlar bilan hamkorlikka javob beradigan alohida mutaxassis ishlamoqda - Gengo Seta. Uning mehnati besamar ketmayapti. Hozirgi holatga qarasak, «Fortuna»ning to‘kin hayotini ta’minlayotgan yirik homiylar orasida Yaponiyaning 5ta kompaniyasi alohida o‘rin tutmoqda — Toyo Tyres, Hitachi, Makita, Fujifilm va AsahiKasei. Setaning so‘zlariga qaraganda, klub rahbariyati Yaponiyadan yangi-yangi homiylar topish harakatini davom ettirmoqda. Chunonchi, «Fortuna»ning asl maqsadi - Osiyo bozorida o‘z o‘rnini topish.

 

Til Qadriyatlari

Umuman, Dyusseldorfda Osiyo tomon harakat tendensiyasi hayot va taraqqiyotning ko‘plab jabhalarini qamrab olmoqda. Bunda jumladan, futbolning alohida o‘rni bor. Osiyo bo‘ylab turnelar, tajriba almashish va ijtimoiy tarmoqlar vositasida hududni egallash — Germaniyaning ko‘plab klublarida yangi bozor ochish ilinjida jiddiy ish olib borilmoqda. Bu borada «Fortuna»ga biroz osonroq: klub shaharda yashaydigan yaponlarni qiziqtirsa, bas. Xullas, dyusseldorflik yaponlar bilan o‘rnatilgan aloqa jamoani to‘g‘ri Osiyoga olib chiqadi. Aytish kerakki, «Fortuna» bu ishni juda yaxshi uddalamoqda. Misol uchun, klubning rasmiy saytini olsak, u ikki xil ko‘rinishda - nemischa va yaponcha talqini bor. Diqqat qiling, inglizcha, fransuzcha yoki ispancha emas, yaponcha! Yana bir tomoni, klubning yapon tilida faoliyat yuritayotgan sayti Germaniyada eng omadli veb-sahifalardan biri sifatida tan olingan. Shuningdek, YouTube tarmog‘idagi «Fortuna» kanalida «kunchiqar yurt»ga atalgan ko‘plab videoroliklarni ko‘rish mumkin. Yaponcha yozuvni talqin etuvchi Japan.TV ilovasi esa «Fortuna»ga ko‘ngil bergan yaponiyalik yangi muxlislar uchun ayni muddao. Zero, Japan.TVda asosan Dyuseldorf klubi tarixi haqida hikoya qilinadi.

 

Yaponiya kuni

Har yili may oyi oxirida Dyusseldorfda Yaponiya kuni nishonlanadi. Bu bayram yangi asr boshida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda butun Germaniyada ommalashgan. Deylik, har yili Yaponiya kuni bayramida 700 ming mehmon qatnashadi. «Fortuna» esa 10 yildan buyon ushbu tadbirda faol ishtirok etmoqda. Klub vakillari bayram munosabati bilan qizil-oq pavilyon hamda  maydon barpo etishadi. Shu yerda futbol o‘yini tashkil qilinadi, bo‘lajak o‘yinlar chiptalari sotiladi, klub formalari tarqatiladi, albatta, cheklangan miqdorda. «Fortuna»ni ushbu masalada moddiy tomondan alohida homiy - Toyo Tyres (avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi firma) to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Eng muhimi, klub bayram bahona muxlislari safini kengaytirish imkoniyatiga ega.

 

Yaponiyalik futbolchilar

Hozir «Fortuna» tarkibida birgina yapon bor - Takashi Usami. 26 yoshli yarim himoyachi jamoada ikkinchi mavsumni o‘tkazmoqda. «Fortuna» rahbariyati Usamini alohida marketing elchisi sifatida g‘oyat qadrlaydi. Avvalgi mavsum esa Genki Xaraguchi Dyusseldorf jamoasida ijara kelishuvi bo‘yicha to‘p surgandi, undan oldin Jastin Kinjo o‘z omadini sinab ko‘rgan. Har bir futbolchidan reklama va Yaponiyaning ijtimoiy loyihalarida qatnashish talab etiladi. Tushunish kerakki, yaponiyalik legioner avvalo, fanatlar va homiylar qiziqishini oshirishga qaratilgan marketing yurishidir. Shunga muvofiq, «Fortuna» o‘smirlar va yoshlar jamoalari murabbiylari yaponiyalik iqtidorlarga alohida e’tibor qaratishmoqda. Har holda, Dyusseldorfda «Yangi Shinji Kagava» kashf etish ishtiyoqi juda baland. To‘g‘ri, «Fortuna» buni uddalay oladimi yoki yo‘q - bir narsa deyish qiyin. Qanday natija chiqishini ko‘rish uchun ozgina sabr qilish kerak.

 

O‘Quvchilar ekskursiyasi

«Fortuna» stadioni hududida doimiy ekskursiyalarga ko‘zingiz tushishi mumkin, ayniqsa, Dyusseldorfdagi Yaponiya xalqaro maktabi turnesi qiziqish uyg‘otadi. «Fortuna» kichik bolalarni boshidan o‘z futboliga qiziqtirishga urinadi. Maktab o‘quvchilari sayohat bahona «Fortuna» haqida to‘liq yapon tilida tayyorlangan jurnalga ham ega bo‘lishadi. Uning muqovasini odatda  Usamining surati bilan bezatishadi. Ba’zan yapon futbolchisining qaysidir klubdoshi bilan birga tushgan surati bosiladi. Boshqacha variant yo‘q.

 

Yapon ligasi bilan hamkorlik

Bild nashri 2 yilcha oldin «Fortuna»ning Yaponiya ligasi bilan xufyona shartnoma tuzgani haqida xabar berdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, hammasi rasmiy xarakter kasb etdi. O‘shanda ushbu hamkorlik ancha istiqbolli ekanligi ham ta’kidlandi. «Fortuna» va Yaponiya ligasi o‘rtasidagi munosabat 3ta yirik loyihadan iborat edi. Birinchisi - Dyusseldorfdagi yosh iqtidorlar markazida o‘zaro tajriba almashish. Ikkinchi bosqichga ko‘ra, yaponiyalik murabbiy Riota Nakamura Germaniya klubida 1 yil davomida amaliyotdan o‘tdi. Uchinchi loyiha - «Fortuna» o‘smirlar va yoshlar jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinlari uchun «kunchiqar yurt»ga safari. Aytish joiz, 3ta band ham bajarildi va yaponlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari, ayni o‘sha davrda «Fortuna» vakillari homiy tashkilotlar - Hitachi va Toyo Tyres mehmoni bo‘lib, klub Dyusseldorfdagi yapon kvartali bilan cheklanib qolmoqchi emasligini amalda ko‘rsatishdi. «Fortuna» prezidenti Robert Shefer loyihaga ijobiy baho berib, barchasini ko‘tarinki ruhda sharhlagandi: «Umuman olganda, biz Yaponiyada o‘z tarmog‘imizni yaratmoqchimiz. Gap futbolchilar haqida ketar ekan, avvalo, ushbu mamlakat klublari va u yerdagi mutasaddi shaxslar bilan yaqindan tanishib chiqishimiz kerak. Bunda mahalliy liga bilan aloqa o‘rnatish «Fortuna» uchun juda muhim. Zero, yaqin kelajakda yaponiyalik o‘yinchilarni jamoamiz tarkibida ko‘rmoqchimiz». Hozircha nemislar barchasini yaxshi uddalashmoqda. Samarasi qanday bo‘lishi esa vaqt hukmida. Ehtimolki, Yaponiya futboli yaqin yillar ichida «Fortuna» orqali yevrofutbolda mutlaqo boshqacha to‘lqin ko‘tarar...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:18, 25.04.2019.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.