Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Maktab o‘quvchisiga 10 mln. yevrolik megashartnoma?!

Maktab o‘quvchisiga 10 mln. yevrolik megashartnoma?!

Baho:
+ | -

Nike kompaniyasi «Borussiya» D. klubiga tegishli maktab o‘quvchisini bahosi 10 000 000 yevroga teng shartnoma bilan siyladi. Yo‘q, «0»lar sonida adashmadik, chindan ham, millionlar haqida gap bormoqda. Yusuf Mukoko iqtidori haqida bundan 4 yil oldin gapira boshlagandilar va muhokama hamon davom etmoqda. Mana, «Borussiya»ning 14 yoshli umidi yaqinda futbol olamida kuzatilgan eng ulkan va ajablanarli reklama shartnomalaridan biri sohibiga aylandi. Oddiy aytganda, Yusuf keyingi bir necha yil ichida Nike kompaniyasidan chamasi 10 million yevro oladi. Aslida Mukoko haqida aytarli ma’lumot yo‘q, faqat matbuotchilar uning bolalar futbolida alohida ajralib turganiyu, juda ko‘p gol urayotganini bot-bot yozishmoqda. 

***   Yusuf Mukoko chindan ham, o‘ta sermahsul hujumchi. Transfermarkt.de portali ma’lumotlariga tayanib aytsak, megaiqtidorli bolakay joriy mavsum 21ta o‘yinda 36ta (!)ta gol urdi. Asosiysi, Mukoko anchadan buyon samaradorlik bobida shunday barqaror.

***   Istiqbolli hujumchi Kamerunda tug‘ilgan, lekin bolaligidan Germaniya klublarida o‘ynamoqda. Aniqrog‘i, Yusuf Mukoko ikki mamlakat fuqarosidir. To‘g‘ri, ayni payt yoshlar miqyosida Germaniya futboli sharafini munosib himoya qilmoqda.

***   U o‘z yoshiga nisbatan olsak, ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur. Misol uchun, «Instagram» tarmog‘ida naq 200 ming obunachisi bor. Taqqoslash uchun aytsak, rossiyalik eng taniqli futbolchi Aleksandr Golovinning sahifasiga 400 ming kishi yozilgan.

***   Mukoko hozirda «Borussiya» tizimidagi U-17 jamoasi safida to‘p surmoqda. U garchi nafaqat barcha sheriklari, balki raqiblaridan ham kichik bo‘lsada, hammaning havasini keltiruvchi gollar urmoqda. Muhimi, muntazam ravishda.

***   Qiziq, Yusuf chindan ham, 10 million yevro oladimi? Ha. Faqat birdaniga emas. Qolaversa, 10 «limon» - bu Nike bilan tuzilgan uzoq muddatli shartnomaning potensial summasi, xolos. Xullas, asli kamerunlik yigitcha shuncha olish uchun ma’lum shartlarni bajarishi kerak. Germaniya kompaniyasi hozircha kelishuvda ko‘zda tutilgan umumiy summadan chamasi 10 foizi (1 million yevro)ni to‘ladi. Tushunarliki, shuning o‘zi 14 yoshli bola uchun juda ko‘p. Qisqasi, Yusuf Mukoko qolgan 9 millionni Bundesligada debyut qilgan taqdirida olishi mumkin. Shunda ham darhol emas, bosqichma-bosqich. Shartnomada moddiy manfaatdorlikka eltuvchi alohida bandlar belgilab qo‘yilgan. Lekin ularning kuchga kirishi uchun Yusuf avvalo, Germaniya chempionati doirasidagi o‘yinda «Borussiya» libosini kiyishi kerak.

***   Yusuf Mukoko darhaqiqat, 14 yoshdami? Vaqtida ko‘pchilik bu borada bolakayga shubha bilan qaradi, uni hattoki, yoshini qalbakilashtirganlikda gumon ostiga olishdi. Bunda ajablanadigan tomoni yo‘q. Har holda, Yevropada ayniqsa, afrikalik futbolchilar pasportiga shubha bilan qarashga odatlanishgan. Zero, Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida tug‘ilgan sanani o‘zgartirish imkonsiz ish sanalmaydi. Yusuf Mukoko holatida esa uning otasi darhol o‘rtaga tushib, o‘g‘li tug‘ilganidan keyinoq barchasini Kamerunning Germaniyadagi elchixonasida rasmiylashtirganini bayon qildi.

***   Germaniya futbol ittifoqi ham «Borussiya» o‘yinchisi hujjatlarini alohida tekshirib chiqdi va hech qanday qonunbuzarlikni aniqlagani yo‘q. Darvoqe, Mukoko 11 yoshidan «Dortmund» tizimida shug‘ullanmoqda.

***   Yusufning 2021 yilga qadar Bundesliga uchrashuvida qatnasholmasligi aniq. Gap shundaki, Germaniya chempionati reglamentiga ko‘ra, 17 yoshdan kichik futbolchi asosiy jamoa safida maydonga tusholmaydi. Mukoko esa katta futbolga aynan «Borussiya» klubida qadam qo‘ymoqchi.

***   Dortmundliklar Yusufni 2016 yili «Sankt Pauli» bolalar jamoasidan taklif etishgan. Germaniya matbuoti esa kamerunlik vunderkind haqida ilk marta 2014 yili yozgandi. O‘shanda 10 yoshli Mukoko bolalar turnirida 14ta gol urib, bosh to‘p-urar bo‘lgan, jamoasi esa g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Mukokoning maqsadi  - tezroq kattalar darajasiga ko‘tarilish va sovrinlar yutish. «Birinchi navbatdagi vazifam - professional futbolchi maqomini olish. Keyingi maqsadlar qator-qator - «Borussiya» bilan Yevropa CHLda g‘alaba qozonish, «Oltin to‘p» sohibiga aylanish...», - deydi 14 yoshli Mukoko. Nima ham derdik, ishtiyoqingga qoyil, Yusuf!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:29, 25.04.2019.
O'qildi: 3169 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz