Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

UYEFA Neymarni 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

UYEFA Neymarni 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" klubi Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidan chiqib ketganidan keyin parijliklar hujumchisi Neymar o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali hakam Damir Skominani haqorat qilgandi.

Sloveniyalik hakam o‘yin so‘ngida to‘p Kimpembening qo‘liga tekkani bois "PSJ" darvozasiga penalti belgilagandi. Reshford esa 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va "PSJ" musobaqani tark etdi.

"Bu sharmandalik! Videotakrorni kuzatish uchun futbolni tushunmaydigan 4 odamni qo‘yishgan. Hech narsa bo‘lmagan edi. Futbolchi bunday paytda qanday qilib qo‘lini olib qochishi mumkin edi?", — deya yozgan edi Neymar.

UYEFA esa bu ishni ko‘rib chiqib, braziliyalik futbolchini yevrokuboklarning 3ta o‘yiniga diskvalifikasiya qilish haqida qaror chiqardi.

Shu tariqa, Neymar YECHLning kelasi mavsumidagi guruh bosqichining dastlabki 3ta o‘yinida maydonga tusha olmaydi.

Manba: football.ua
Kiritildi: 23:44, 26.04.2019.
O'qildi: 8127 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик