Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Messining goli «Barselona»ga chempionlikni taqdim etdi

Messining goli «Barselona»ga chempionlikni taqdim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining ushbu mavsumi tugashiga 3 tur qolganida "Barselona" Ispaniya La ligasi g‘olibligini rasmiylashtirdi. Bugun "Kamp Nou"da "Levante" klubi mehmon bo‘ldi.

Valverde jamoa yetakchilari — Messi, Buskets va Serxio Busketsni zaxirada qoldirdi. Shunga qaramay, mezbonlar birinchi bo‘limni ancha faol o‘tkazishdi. "Ko‘k-anorranglilar" raqib darvozasi tomon ko‘plab zarbalar yo‘llashdi. "Levante" posboni  Aytor Fernandes bir qator seyvlar namoyish qilib, tanaffusga qadar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ikkinchi taym boshida maydonga Messi tushirildi. Nihoyat o‘yinning 62-daqiqasida hisob ochildi. Mezbonlar uyushtirgan hujumni valensiyaliklar bartaraf etgandek ko‘rinishgandi, ammo yordamga yetib kelgan Arturo Vidal to‘pni egallab oldi va bosh bilan Lionelga uzatma berdi. Messi bir himoyachini chalg‘itish bilan barobarida to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab, unchalik kuchli bo‘lmagan zarba berdi. To‘p burchakka borib tushdi.

Butun o‘yin davomida hujumga o‘tmayotgan mehmonlar vaziyatni o‘nglash maqsadida bir nechta hujumlar tashkil qilishdi. Ayniqsa, Morales yakkama-yakka vaziyatga chiqib gol ura olmagani "Barsa" muxlislariga yoqib tushdi, ammo bu vaziyatlar Valverdeni ancha asabiylashtirdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida "Levante" gol urib, "Barselona"ning bugungi bayramini buzib qo‘yishi mumkin edi. Ammo to‘p ustunga tegib qaytdi va uni ter Shtegen egallab oldi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda valensiyaliklar burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda darvozabon Aytor Fernandes mezbon jamoa jarima maydonchasiga yetib keldi. Ammo kataloniyaliklar xavfni bartaraf etishdi va g‘alabani ushlab qolishdi.

Chempionat tugashiga 3 tur qolganida "Barselona" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda. O‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra "ko‘k-anorranglilar" raqibdan ustunlikka ega. Shu bois, "Barsa" o‘z tarixida 26-chempionlikni qo‘lga kiritdi.

"Barcelona" campeones 2019!

Ispaniya La ligasi, 35-tur
BARSELONA – LEVANTE - 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 62 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Langle, Nelson Semedu, Alba, Artur (Buskets, 73), Rakitich, Koutinyo (Messi, 46), Vidal, Dembele (Serdji Roberto, 84), Suares.
Levante – Fernandes, Ruben Vezu, Rober, Luna, Koke, Rochina (Marti, 84), Kampanya, Djeyson, Vukchevich (Bardi, 65), Saymon (Morales, 46), Mayoral.
Ogohlantirishlar: Rakitich (14), Rochina (56), Ruben Vezu (58), Pike (70), Nelson Semedu (77), Koke (83), Buskets (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:37, 28.04.2019.
O'qildi: 5287 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик