Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Liverpul»ning «Barselona»ga qarshi qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ustunliklari

«Liverpul»ning «Barselona»ga qarshi qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ustunliklari

Baho:
+ | -

Kecha e’tiboringizga Katoloniya super klubining YCHL finaliga chiqish uchun ustunlik bergan jihatlari to‘g‘risidagi maqolani taqdim etgan edik. Bugun esa, navbat «Liverpul»niki

Javob uchrashuvi «Enfild»da bo‘ladi

Yurgen Klopp shogirdlari «Barselona»ga qarshi kechadigan duellarning hal qiluvchisini jonajon «Enfild»da bo‘lishini hisobga olgan holda biroz xotirjamroq harakat qilishlari mumkin. Sababi, «Liverpul» bu mavsumda hali o‘z uyida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

«Barselona» oz uyida o‘tadigan uchrashuvda bor kuchi bilan ijobiy natija qayd etishga urunib ko‘radi va gol urish maqsadida ko‘proq hujumga o‘tishga majbur bo‘ladi. «Liverpul» sayyoramizdagi eng havfli qarshi hujumga o‘tuvchi klub ekanligini hisobga olsak, bu o‘z-o‘zidan Klopp shogirdlarining imkoniyatini oshiradi.

«Barselona» keragidan ortiq Messiga suyanib qolgan

 

«Barselona» hozirda to‘liq Messiga suyanib qolgan desak, muxlislarimiz ranjishmasin. So‘zimiz isboti uchun bu mavsumda mehmonda «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvni eslang. Jamoa Messi maydonga tushmaganida o‘sha uchrashuvni boy bergan bo‘lar edi.
Yurgen Klopp hammasini ko‘rib, bilib turibdi. «Barselona»ni zararsizlantirish uchun Messini to‘liq yopib tashlash kerak. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi biroq, agar buni «Liverpul» uddasidan chiqadigan bo‘lsa, «Barselona» o‘ta qiyin ahvolda qoladi. Sababi, Valverdening «B reja» tuzib qo‘yganiga ishonish biroz qiyinroq. «Yuventus» ham Ronalduga haddan ziyod suyanib qolgani uchun ham «Ayaks»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘lgan edi…

Tezlik va jismoniy xolat «liverpul» foydasiga

Katoliniya super klubi mahorat va nom borasida ustun bo‘lsada, tezlik va jismoniy xolat borasida «Liverpul» raqibini ortda qoldiradi.
Mavsum yakunlanayotgan bo‘lsada, «Liverpul» raqibiga nisbatan jismonan ustunroq va shu omil g‘alaba kaliti bo‘lishi mumkin. Sababi, «Liverpul» katonoliyaliklarga qarshi kuchli pressing namoyish eta olsa, progmatik futbol ham «Barselona»ga yordam bera olmay qoladi. Zamonaviy futbolda jismoniy ustunlik va tezkorlikdan unumli foydalana oladigan jamoalarga qarshi to‘p surish tobora qiyinlashib bormoqda. Sababi, o‘yin davomida pressing uyushtiradigan jamoaning darvozasiga yaqinlashishning o‘zi mushkul vazifa. Bos ustiga, raqibning qarshi hujumga tezlik bilan o‘tib ketish havfi borligini bilib turib hujumga o‘tish ikki hissa noqulaylik tug‘dirishi aniq.

Barselonaning ojiz nuqtasi

Bejiz, «Barselona» Mettiyes De Ligtni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashayotgani yo‘q. Hozirda klubning markaziy himoyasi biroz oqsamoqda. Ispaniyaning o‘rtamiyona klublari ham «Barsa» darvozasiga bir necha bor yo‘l topishayotgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Langlega tajriba yetishmayotgan bo‘lsa, Pikening davri tobora o‘tib bormoqda. Himoyachi avvalgi darajasida maydonda harakat qilmayotganiga ancha bo‘ldi. Umtiti hali to‘liq formaga kirganicha yo‘q. «Liverpul» APL dek kuchli chempionatda to‘p sursada, raqiblaridan mavsum davomida 16 ta kam gol o‘tkazib yuborgani so‘zimizga yaqqol isbot bo‘la oladi. Markaziy himoyadagi sustkashlik evaziga bu mavsumda Barselona deyarli har bir uchrashuvda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lmoqda. Ko‘ramiz bu jihat «Liverpul» bilan bo‘ladigan uchruvda o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazarmikan?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:16, 01.05.2019.
O'qildi: 14065 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик