Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

YECHL. «Barselona» - «Liverpul». Birinchi finalchi aniqmi?

YECHL. «Barselona» - «Liverpul». Birinchi finalchi aniqmi?

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichida "Barselona" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Yurgen Klopp, o‘zi avval ta’kidlaganidek, raqibdan kelib chiqib emas, o‘z o‘yinini namoyish qilish uchun "Kamp Nou"ga kelganini isbotlashga tushdi. Maydon egalari bunga tayyor ekan, shekilli, raqibning hujumlari keskinlashishiga yo‘l qo‘yishmaydi. Aksincha, "ko‘k-anorranglilar" mersisaydliklarning bosimini kutib o‘tirmasdan, o‘zlari ham tezkor gol urish payida bo‘lishdi. Bahsning 4-daqiqasida Rakitich va Koutinyo o‘zaro "devor" o‘ynashi oqibatida Ivan raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Xorvatiyalik futbolchi darvozabon maydonchasiga burchagidan o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lgan vaziyatda Vidal tomon uzatma berishga qaror qildi. "Liverpul" himoyachisi Matip to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Uchrashuvning 26-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Albaning kutilmaganda raqib jarima maydonchasi tomon pas berganidan keyin Luis Suares yakkama-yakka vaziyatda qoldi va birgina harakat bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 9-daqiqa o‘tib "Liverpul" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Deyarli maydon markazidan yetkazilgan uzatma natijasida Mane katta tezlikda darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi. Ammo uning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.

Tanaffusga qadar hujumga qilishga bo‘lgan ishtiyoq mehmonlarda ko‘proq bo‘ldi, ammo kataloniyaliklar yaxshi himoyalanishdi.

Ikkinchi bo‘limni esa mersisaydliklar keskin hujumlar bilan boshlashdi. Taymning dastlabki 15 daqiqasi ichida ular raqib darvozasi tomon naq 3ta xavfli zarba yo‘llashdi. Ammo "Barsa" posboni Mark-Andre ter Shtegen Milnerning 2ta, Salohning bitta zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Valverde esa o‘yinni yaxshi his qilib, Koutinyo o‘rniga Semeduni tushirdi. Natijada "ko‘k-anorranglilar" xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. 75-daqiqaga kelib kataloniyaliklar hisobdagi farqni oshirishdi. Messi to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashayotganida, Fabinyo to‘pni qaytarishga urindi, ammo bu ichkariga kirayotgan Roberto uchun uzatma bo‘lib chiqdi. Serxi yonida ochilgan Suaresni to‘p bilan ta’minladi. Luisning tizza bilan bergan zarbasi natijasida to‘p to‘singa tegib qaytdi. Ammo qaytgan to‘pni Lionel egalladi va bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan 7 daqiqa o‘tib argentinalik futbolchi hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Davrozagacha 28 metrlardan belgilangan jarima zarbani Messi "to‘qqizlik"ga mixlab qo‘ydi! Oradan 2 daqiqa o‘tib "Liverpul" mehmonda bitta gol urishi mumkin edi, ammo omad ulardan ochiqqasiga yuz o‘girdi! Dastlab Firmino raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni egalladi va zarba berdi. Buskets chiziq ustida to‘pni qaytarib qoldi. To‘p esa Salohga kelib tushdi. Muhammad zarbasidan keyin hamma "GOL" deb turganida to‘p ustunga tegib qaytdi. Ushbu vaziyat gol bo‘lganida "Liverpul" javob o‘yinida qandaydir imkoniyatlarni saqlab qolgan bo‘lar edi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda maydon egalari bir emas, yana ikkita gol urishi mumkin edi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Usmon Dembele imkoniyatlardan foydalana olmadi.

Mazkur o‘yinga xulosa qiladigan bo‘lsak, tarkibida Messidek yulduz futbolchi va Mark-Andre ter Shtegendek darvozabon bo‘lgan jamoa o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Javob o‘yini 7 may kuni "Liverpul" maydonida bo‘lib o‘tdi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final, dastlabki o‘yin
Barselona Ispaniya – Liverpul Angliya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Suares, 2:0 – 75 Messi, 3:0 – 82 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serji Roberto (Alenya, 90), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal, Koutinyo (Nelson Semedu, 60), Messi, Suares (Dembele, 90).
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Gomes, van Deyk, Keyta (Xenderson, 24), Fabinyo, Veynaldum (Firmino, 79), Milner (Origi, 85), Mane, Saloh.
Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabinyo (81), Suares (81), Alba (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:00, 02.05.2019.
O'qildi: 10549 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.