Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!

O‘zbek chavandozlari Markaziy Osiyoda tengsiz...mi?!

Baho:
+ | -
Yaqinginada mamlakatimiz ot sporti bo‘yicha nufuzli musobaqa – “FEI Jumping Children`s Classic Final-2019” xalqaro bolalar kubogining final bosqichiga mezbonlik qilgandi.   Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida yana bir yirik halqaro musobaqa tashkil etildi. Bu ham bo‘lsa Xalqaro ot sporti federasiyasining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ishonchidan nishona.   Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy jahon kubogi bosqichi Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslarida bu safar ham yurtimiz chavandozlari bilan bir qatorda qo‘shni Qozog‘iston va qirg‘izistonlik chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.   Uch kun davom etgan musobaqalarda hamyurtlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘la oqladi, deyishga asoslar yetarli. Zotan, uch kun davomida ham o‘zbekistonlik chavandozlar o‘z muxlislarini xushnud etishdi, faqat Millatlar kubogi musobaqasi bundan mustasno.   photo5353021400220281549.jpg   Darvoqe, jahon kubogi bosqichi doirasida o‘tkazilgan Millatlar kubogi bahslarida bu safar Markaziy Osiyoning doimiy uch vakilidan tashqari Belorus hamda Rossiyadan ham yosh va iqtidorli sportchilar o‘z omadini sinab ko‘rdi. Mazkur yo‘nalishdagi musobaqalarda yurtimiz sharafini Xurshid Olimjonov, Feruz Abdullayev, Bekzod Qurbonov hamda umidli sportchimiz Saidamirxon Turg‘unboyevlar himoya qildi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvlarda omad bu safar Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolariga kulib boqdi. Biznikilar ikkinchi, Qozog‘iston terma jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Rossiya va Belorus vakillarining esa yurtimizga tashrifi omadsiz chiqdi.    Ammo, ushbu yo‘nalishda munosib qatnashgan 18 yoshli chavandozimiz S.Turg‘unboyev Xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Bundan ko‘rish mumkinki, o‘zbek ot sportining ertasi ishonchli qo‘llarda.   Jahon kubogi bosqichining Gran-pri musobaqalari ham o‘ta murosasiz kechdi. Unda omad hamyurtimiz Bekzod Qurbonovga nasib etdi. Terma jamoamiz sardori va o‘zbek ot sporti faxri bo‘lmish G‘ayrat Nazarov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qirg‘izistonlik mashhur sportchi Kamil Sabitov bronza medalini qo‘lga kiritdi.   Ot sporti bo‘yicha jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi ikkinchi bosqichiga 24-26 may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahri mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi uchinchi bosqich bellashuvlari esa Osiyo chempionati hamda olimpiada saralash turnirlari yaqinlashib qolgani sababli kuz fasliga, aniqrog‘i sentyabr oyiga qoldirildi. Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi saralash bahslari uchta bosqichda tashkil etiladi. Barcha bosqichlarda maksimal yuqori natija qayd etgan chavandoz va oti jahon kubogining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.   photo5353021400220281548.jpg   photo5352776711638461154.jpg
Manba: UZA
Kiritildi: 15:14, 02.05.2019.
O'qildi: 5003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.