Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kuchlilarga shavqatsiz – «Vulverxempton»

Kuchlilarga shavqatsiz – «Vulverxempton»

Baho:
+ | -

«VULVERXEMPTON»DAN O‘ZIGA XOS YONDASHUV: «KUCHLILARGA RAHM YO‘Q, ZAIFLARGA SHAVQAT BOR»

Ha, portugaliyalik futbolchilar hisobiga kuchaygan nisbatan kamtarin klub joriy mavsum grandlarning asosiy «kushandasi»ga aylandi. Mana, 24 aprel kuni «Arsenal» bilan to‘qnash kelgan «Vulverxempton» «kanonirlar»ni ham o‘ta qimmatli 3 ochkodan mahrum etdi. Eng qizig‘i, «bo‘rilar» katta jamoalardan ochko tortib olish barobarida autsayderlarga «himmat» ko‘rsatishmoqda.

«Arsenal» ustozi Unai Emeri «Vulverxempton»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatni izohlar ekan, muxlislarga chorasiz qolgan kishidek murojaat qildi: «Endi 4-o‘ringa ilinishga umid bog‘lashdan boshqa ilojimiz yo‘q». Ispaniyalik mutaxassisni tushunish mumkin. Zero, «Arsenal» o‘yinda to‘liq ustunlikka erishdi: to‘p nazorati  - 71 foiz, uzatmalar aniqligi - 89 foiz (raqibda 75 foiz), darvoza tomon zarba - 11 marta. Biroq yakuniy natija salbiy: London klubi - «Vulverxempton» oldida «tiz cho‘kkan» navbatdagi top-raqib.

APL-2018|2019: «Vulverxemton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotgan kuchli jamoalar

Mag‘lub bo‘lganlar: «Arsenal» - 1:3, «Tottenxem» - 1:3, «MYU» - 1:2, «Chelsi» - 1:2.

Durang bilan cheklanganlar: «Manchester Siti» - 1:1, «MYU» - 1:1, «Chelsi» - 1:1, «Arsenal» - 1:1.

Diqqat qiling, «Vulverxempton» bu o‘yinlarning hammasida 1tadan gol qo‘yib yuborgan bo‘lsada, yakunda kamida 1 ochko olgan. Qolaversa, «MYU» va «Liverpul»ning kubok bahsida «Vulvz»ga bas kelolmaganini ta’kidlash joiz.

«Bo‘rilar» shuning barobarida autsayderlarga ochko ulashmoqdalar. Misol uchun, 20-o‘rindagi «Xaddersfild» hisobida atigi 3ta g‘alaba bor. Ulardan biri aynan «Vulvz» bilan bahsda qo‘lga kiritilgan. «Bo‘rilar» shuningdek, «Kardiff Siti», «Brayton», «Sautgempton» va «Bernli» kabi «majolsiz» jamoalarga ham yutqazishdi.

Xulosa oddiy: bugungi «Vulverxempton»ni kuchlilarga rahmsiz, zaiflarga xayrixoh jamoa sifatida ta’riflash mumkin. Har holda, o‘jar faktlar shunga dalolat bermoqda.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:48, 02.05.2019.
O'qildi: 6844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик