Ko‘hna qit’aning klublari yildan-yilga o‘z stadionlarini kengaytirish maqsadida tez-tez tamirdan chiqarishi hech kimga sir emas. Bu mavsumda uy uchrashuvlarida qaysi klub muxlislari qolganlarinikidan ko‘proq qo‘llab-quvvatlab turadi? Bugun shu savolga javob topishga urunib ko‘pramiz
5-o‘rin «Real Madrid»
Qirollik klubining «Santyago Bernabeu» nomli stadioni sayyoramizdagi eng chiroyli va zamonaviy stadionlardan biri bo‘lsada, muxlislar oqimi biroz pasayib qoldi. Kimdir bunga Ronalduning klubdan ketganini vaj qilib ko‘rsatsa, yana kimdir omadsiz mavsum va mag‘lubiyatlarning asorati deya baholamoqda. «Real Madrid»ning uy stadioni o‘z bag‘riga 81 000 muxlisni sig‘dira olsada, bu mavsumda o‘rtacha 63 ming muxlis tashrif buyurdi. So‘nggi 10 yil davomidagi bu ko‘rsatkich eng yomoni ekanligini o‘zi ham «Real Madrid»ning ishlari u qadar yurishmayotganligidan dalolat beradi.
4-o‘rin «Manchester Yunayted»
Angiliyaning eng nomdor va sovrinlarga boy klubi o‘z stadioni bilan bemalol maqtana oladi. «Old Trafford» stadioni 1910-yildan beri klub xizmatida. To‘g‘ri, bu stadion bir necha bor kengaytirsh maqsadida to‘liq ta’mirlangan bo‘lsada, u klubning tarixiy yodgorligi sifatida muxlislar uchun qadrli. Hozirda stadion o‘z bag‘riga 75 000 ming muxlisni sig‘dira oladigan ko‘rkam arenaga aylangan. Bu yilgi hisob-kitoblarga qaraganda klubning uy uchrashuvlarini tomosha qilish maqsadida o‘rtacha 74 000 muxlis stadionga tashrif buyurgan. Bu deyarli 98% ko‘rsatgich degani. Inglizlar muxlislar bilan ishlash borasida ancha ilgarilab ketishganiga yaqqol misol sifatida «Qizil iblislar»ni ko‘rsatsak adolatdan bo‘lar edi.
3-o‘rin «Bavariya»
Ichki chempionatdagi gegemoniyalikka qaramasdan «Bavariya» fanatlari o‘z klubini hech bir o‘yinda yolg‘iz qoldirishmaydi. Eng qizig‘i shundaki "Alyans Arena" 75 ming muxlisga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramasdan, har uchrashuvda limitdan ortiqroq darajada ko‘p muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dirgani taqsinga sazovor. Hisob kitoblarga qaraganda klub bu mavsumda o‘rtacha 75 000 (!) muxlisning ko‘z oldida uy uchrashuvlarini o‘tkazgan. Bu 100% ko‘rsatgich degani! Shunchaki fantastika
2-o‘rin «Barselona»
2008 - yilda to‘liq ta’mirdan chiqqan stadion o‘z bag‘riga 99 354 muxlisni sig‘dira oladi. Ulkan stadion bu mavsumda YCHL dagi o‘yinlar evaziga o‘z reytingini anchagina ko‘tarib oldi. O‘tgan mavsumda o‘rtacha 70 ming muxlis jamoasini stadiondan qo‘llab-quvvatlab turgan bo‘lsa, bu mavsumda bu ko‘rsatgich 78 mingga qadar ko‘tarilgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Endilikda klub YCHL g‘olibligi maqsadida dadil odimlamoqda va bu sonlarda ham o‘z aksini topmasdan qolmaydi.
1-o‘rin «Borussiya Dortmund»
«Signal Iduna Park» stadionidagi atmosferani his qilish maqsadida har mavsumda o‘rtacha 50 ming sayyoh «Borussiya Dortmund»ning uy uchrashuviga tashrif buyurar ekan. Markaziy uchrashuvlarda qo‘ldan chipta olish maqsadida bo‘lgan muxlislar 2000 yevro evaziga chipta sotib olishsa, do‘ppilarini osmonga otishadi. Jamoaning uy stadioni 81 000 muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, har uchrashuvda o‘rtacha 80 550 muxlis tashrif buyuradi. Hakamning final hushtagi yangraguniga qadar muxlislar o‘z suyukli klubini qo‘llab quvvatlab turadilar. Hozirda "Bundesliga" g‘olibligi uchun kurash olib borayotgan «sariq - qoralar»ning uy uchrashuvlari shaharda bayramdek kutib olinadi. Ko‘plab mutaxassislar Yurgen Klopp jamoadan ketgach, bu ko‘rsatgich tushib ketishini taxmin qilgan edi biroq, hammasi o‘z o‘rnida turibdi. Klub muxlislari hali hamon ko‘hna qit’ada tengsizligicha qolmoqda.