Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Bu mavsumning eng omadli transferlari

Bu mavsumning eng omadli transferlari

Baho:
+ | -

Transferlarning hammasi ham klub kutgan natija olib kelmasligi hammaga ayon, biroq shunday trasnferlar bor-ki, ular kutilganidanda omadli bo‘lib chiqadi. Yakunlanayotgan mavsumdagi ana shunday transferlarning bir nechtasi bilan tanshib o‘tamiz

Ronaldu

YECHLdagi omadsizlikka qaramasdan, Ronalduning haridi o‘zini to‘liq oqladi. Klub futbolchi ortidan katta miqdorda daromad qilishda davom etmoqda. Klub Prezidentining aytishicha, Krishning jamoaga kelishi futbolchilarning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshirgan emish. Futbolchi 40 ta uchrashuvda raqib darvozasini 27 bor ishg‘ol qilibgina qolmay, 13 bor golli uzatmani amalga oshirdi. Eng muhimi, «Yuventus» futbolchini o‘z safida olib qolish uchun hamma narsaga tayyor. Hattoki, transfer borasida ham portugaliyalik futbolchi bilan maslahatlashmoqda.

Duvan Sapata

«Atalanta» bosh murabbiyi Gaspirinining iltimosiga ko‘ra rahbariyat «Sampdoria» futbolchisni iki yilga ijaraga olib beradi. Kolumbiyalik futbolchi esa, murabbiyning ishonchini to‘liq oqladi va «A seriya»ning eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida dunyoga tanildi. «A seriya»da 21 ta gol va 7 ta assist namoyish qilgan futbolchi to‘purarlik poygasida Ronaldu bilan murosasiz kurashga kirishibgina qolmay, jamoasining YCHLda ishtirok etishi uchun o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda. Vaholanki, bir yil oldin bu futbolchi haqida hech kim eshitmagan ham edi. Mana buni fantastik topilma desa, bo‘ladi.

Pako Alkaser

«Barselona» safida 2 yil davomida atigi 25 ta uchrashuvda maydonda to‘liq harakat qilgan futbolchi asosiy tarkibga kira olmagach, o‘z omadini «Bundesliga»dan izlashga qaror qiladi. Transfer olamida topqirligi bilan nom qozongan «Borussiya Dortmund» klubi futbolchini  keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oladi. Buni qarangki futbolchi 20 ta uchrashuvda 17 ta gol kiritib, «Borussiya Dortmund» muxlislarining yoqimtoyiga aylanib oladi. Ko‘pchilik «Barselona»dagi omadsiz mavsumlardan so‘ng Pakodan bunday darajada futbolni kutmagan bo‘lsa, ajab emas.

Dushan Tadich


«Ayaks» klubi tomonidan qayta kashf etilgan futbolchi 30 yoshni qoralab qo‘ygan bo‘lsada, «Ayaks» tomonidan «Soutgemton»dan harid qilinganida ko‘pchilik hayron qolgan edi. Klub o‘z akademiyasidagi yoshlarga o‘yin amaliyotini berish o‘rniga Tadichni harid qilishi tushunarsiz qarordek ko‘ringan bo‘lsada, bu o‘zini 100% oqladi. Futbolchi bu mavsumda YCHL doirasida 9 ta gol kiritib, jamoasining g‘alabalariga o‘z ulushini qo‘shib kelmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, futbolchi o‘z kariyerasi davomidagi eng sermahsul mavsumini o‘tkazayotgan ekan. Erik ten Xagning topqirligiga qoyil qolsak, arziydi. Ajoyib tanlov!

Kishishtek Pyontek

Bu mavsum futbolchining hayotida burulish yasagani bilan uning tarixida abadiy qolib ketsa, ajab emas. Yangi mavsumni «Genoa»da boshlagan polshalik futbolchi hali o‘z terma jamoasiga ham chaqiruv olmagan o‘rtacha futbolchi edi. «Genoa» tarkibidagi ajoyib o‘yinlari evaziga «Milan» tomonidan 35 million yevroga harid qilingan futbolchi sermahsullikda to‘xtab qolmadi va «Milan» safida yanada ko‘proq gollar ura boshladi. Bir yil avval Polshaning o‘rtamiyona klubida to‘p surib yurgan yigit bir mavsumning o‘zida ikkita klubga o‘tgan bo‘lsada, o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Hozirda uning transfer summasi taxminan 55 million yevroni tashkil etishini hisobga olsak, «Milan» va «Jenoa» uni harid qilib adashmadi. Ularning biri saviyali hujumchiga ega bo‘lgan bo‘lsa, «Jenoa» yarim mavsumda futbolchining ortidan 30 million ishlab oldi. Mana buni omadli transfer desa bo‘ladi!
Sizningizcha, yana kimlarni bu ro‘yxatga qo‘shsak, bo‘lar edi? Fikrlaringizni qoldiring!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:56, 04.05.2019.
O'qildi: 12070 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик