Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Yozda kutilayotgan «Bomba» trasnferlar 2-qism

Yozda kutilayotgan «Bomba» trasnferlar 2-qism

Baho:
+1 | -

Bu mavsumda katta arenalarda omadsiz ishtirok etgan klublar yozgi transfer oynasini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Ular yangi futbolchilar yordamida jamoaning o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishni reja qilishgan. Bugun ishonchli manbalarga tayangan holda amalga oshish ehtimoli yuqori bo‘lgan transferlar haqida so‘z boradi.

Nikola Pepe – «Bavariya»

«Lill»da javlon urayotgan 23 yoshlik futbolchini oldingi maqolamizda sizlarga tanishtirganimiz uchun ortiqcha to‘xtalib o‘tirmadik.
Hozirda futbolchi gol plyus pas tizimida 33 ta uchrashuvda 33 ochko to‘plagan holda ajoyib sermahsullik ko‘rsatib, hammani o‘ziga qaratmoqda. «Lill» uni sotib yuborishga tayyor ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Hozirda futbolchiga asosiy da’vogar sifatida «Bavariya»ni ko‘rsatishmoqda. Klub futbolchini bir necha marotaba stadiondan kuzatish uchun murabbiylarini jo‘natgani hech kimga sir emas. «Bavariya» yozda klubni tark etishi kutilayotgan Frank Riberining o‘rnida Nikola Pepeni ko‘rmoqda va unga ishonch bildirmoqda.

Salah – «Yuventus»

Yaqinda Ronaldu «Yuventus» rahbarlariga klubni kuchaytirishi mumkun bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etgan edi. Eng qizig‘i shundaki, u ro‘yxatda Misrlik Muhammad Salah ham mavjud bo‘lib, futbolchini «Yuve»ga olib kelishga rahbarlar ham qiziqib qoldi. «Liverpul»ning Dibalaga bo‘lgan qiziqishini inobatga olsak, bu transfer amalga oshishi mumkin. Ikki klub futbolchilarini almashtiradigan bo‘lsa, ikkisi ham bundan foyda ko‘rishi mumkin. Salah uchun Italiliya «A seriya»si o‘z uyidek gap! Dibala esa, Ronalduning soyasida qolib ketmaslik uchun tezroq ketish maqsadida ekanligi hech kimga sir emas. Agarda «Liverpul» bu mavsum ham sovrinsiz qoladigan bo‘lsa, unda Salah sovrinlar yutish maqsadida «Yuventus»ga o‘tib ketishi ham hech gap emas. Shunday ekan, voqealar rivoji qanday yakunlanishini tomosha qilamiz

Kalidu Kulibali

Senigal terma jamosi va «Napoli» himoyachisi mana bir necha yillardan beri ko‘plab grandlar e’tibor markazida turibdi. O‘tgan mavsumda «PSJ» va «Barselona»dan tushgan takliflarni rad etgan futbolchi kariyerasida burilish yasash maqsadida bu yil yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Futbolchining o‘zi buni intervyularida ochiqchasiga e’lon qilmoqda. Klub uni o‘z safida olib qolish maqsadida uning transfer summasini 150 million yevroga ko‘tarib qo‘ygan bo‘lsada, «Manchester Yunayted» uni harid qilish fikridan qaytmayapti. Darhaqiqat, «qizil iblislar» hozir saviyali himoyachiga har doyimgidanda muhtoj. «Tuttosport»ning xabar berishicha, futbolchi va klub og‘zaki kelishuvga erishgan va yozda bu transfer amalga oshadi. Agarda Senegallik futbolchi APLga yo‘l oladigan bo‘lsa, u futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi.

Garet Beyl – «Tottenhem»

«Real Madrid»ning yangi rejalaridan tashqarida qolgan futbolchi yozda klubdan ketishi tobora aniqlashib bormoqda. Uning keyingi manzili katta ehtimol bilan Sobiq klubi bo‘lishi kutilmoqda. «Fotbal24» nashrining xabar berishicha «Shporlar» uni ortga qaytarishmoqchi. Futbolchining saviyali o‘yinlari keyingi mavsumda APL g‘olibligi uchun kurashda qo‘l kelishiga umid qilayotgan «Tottenhem» futbolchi uchun kurashda fovorit bo‘lib turibdi. Beylning o‘zi ham ortga qaytishga qarshi emas. Transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Tottenhem» keyingi mavsumda ancha tajovuzkor futbol namoyish etsa, ajab emas.

Manba: Fotball24
Kiritildi: 13:06, 04.05.2019.
O'qildi: 20756 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.