Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

APL. «Tottenxem» 9 kishi bo‘lib o‘ynab, mag‘lub bo‘ldi (video)

APL. «Tottenxem» 9 kishi bo‘lib o‘ynab, mag‘lub bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasida mavsum oxiriga kelib top-klublar haddan tashqari ko‘p ochko yo‘qotmoqdalar. Ushbu "an’ana"ni bugun "Tottenxem" davom ettirdi.

"Bornmut"ga qarshi o‘yinda "shporlar"ning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi. Bahsning 43-daqiqasida Son Xeung Min, ikkinchi bo‘lim boshida esa zaxiradan tushganiga hali 3 daqiqa ham bo‘lmagan Xuan Foyt to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olishdi. Demak, bu futbolchilar so‘nggi turda "Tottenxem"ga yordam bera olishmaydi.

To‘qqiz kishi bo‘lib qolgan londonliklar himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Natan Ake "Bornmut"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Ushbu mag‘lubiyatga qaramay, "Tottenxem" hisobida 70 ochko bor. Ular bugun g‘alaba qozonishganida YECHL yo‘llanmasini hal qilishar edi. Jamoa so‘nggi turda "Everton"ni mag‘lub etishi talab etiladi.

APL, 37-tur
Bornmut – Tottenxem 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Ake.
Bornmut – Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.
Tottenxem – Lyoris, Rouz, Trippyer, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Xeung Min.
Ogohlantirishlar: Dayer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).
Chetlatishlar: Son Xeung Min (43), Foyt (48).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:35, 04.05.2019.
O'qildi: 6064 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик