Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

APL. «Arsenal» «Chelsi»ga YECHL yo‘llanmasini «taqdim» etdi

APL. «Arsenal» «Chelsi»ga YECHL yo‘llanmasini «taqdim» etdi

Baho:
+-1 | -

Angliya chempionatining 37-turi doirasida «Arsenal» klubi o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qildi. "Kanonirlar" Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bugun g‘alaba qozonishlari shart edi. Ammo APLda qolishi aniq bo‘lib ulgurgan "Brayton"dan raqibdan ochko tortib oldi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi va uni Pyer-Emerik Obameyang aniq amalga oshirdi.

Unai Emeri shogirdlari o‘z vaqtida hisobdagi farqni oshirishmadi. Buning uchun ular ikkinchi bo‘limda jazolanishdi. "Arsenal" darvozasiga belgilangan penalti Myurrey aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda "Brayton" futbolchilari nafaqat ishonchli himoyalanishdi, balki xavfli qarshi hujumlar ham tashkil etishdi. Mazkur durang natijasida "Chelsi" YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

"Arsenal" APL jadvalida 4-o‘rinni egallash uchun so‘nggi turda "Byornli"ni mag‘lub etishi va "Tottenxem" o‘z uyida "Everton"ga yutqazishi kerak. Shunda jamoalarning ochkolari teng bo‘ladi. Shunda ham "shporlar"ning to‘plar farqi raqibnikiga nisbatan 8ta golga ko‘proq.

"Arsenal" YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yana bir imkoniyatga ega: Yevropa ligasida g‘olib chiqish orqali.

Angliya chempionati, 37-tur
Arsenal – Brayton 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9, penalti Obameyang, 1:1 – 61, penalti Myurrey.
Arsenal – Leno, Monreal, Lixtshtayner (Kolashinas, 77), Mustafi, Papastatopulos, Torreyra, Mxitaryan (Genduzi, 77), Ozil, Djaka (Ivobi, 77), Lyakazett, Obameyang.
Brayton – Rayan, Dank, Bernardo, Saltor, Daffi, Gross (Kayyal, 90), Stivens, March, Bissuma, Jahonbaxsh (Knokert, 46), Myurrey (Andone, 78).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (14), Gross (45), Djaka (60), Dank (63), Lixtshtayner (64), Genduzi (83), Mustafi (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:54, 05.05.2019.
O'qildi: 5926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик