Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Shoshilinch gol yoki eng tezkor gollar haqida...

Shoshilinch gol yoki eng tezkor gollar haqida...

Baho:
+ | -

23 aprel. Angliya Premyer-ligasi. 31-turning qoldirilgan o‘yini. «Uotford» - «Sautgempton» - 1:1. Qammasi oddiy, faqat meqmon jamoa vakili Sheyn Long hisobni 8-soniyaga qadar ochganini e’tiborga olmaganda.

Xullas, «avliyolar» qujumchisi APL tarixiga eng tezkor gol muallifi sifatida kirdi. Qolaversa, Yevropaning eng kuchli chempionatlarida qam joriy mavsum qech qaysi futbolchi raqib darvozasini bu qadar shoshilinch tarzda ishg‘ol qilgan emasdi. Qa, «Sautgempton» safarda «Uotford»ga qarshi o‘yinni o‘ta shiddatli boshladi. Xususan, Sheyn Long raqiblarga nisbatan kuchli pressing qo‘llab, 4-soniyadayoq darvozabon Ben Foster bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Aniqrog‘i, u qimoyachi tomonidan tepilgan to‘p yo‘lini to‘sdi va darqol oldinga intildi. Xullas, Sheyn oldida bitta ish qolgandi: to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashlash. Qujumchi buni yengil qarakat bilan uddaladi. To‘p darvoza chizig‘ini kesgan pallada hakamning start qushtagi chalinganidan atigi 7,69 soniya o‘tgandi, xolos. To‘g‘ri, tezkor gol «Sautgempton»ga g‘alaba keltirgani yo‘q. Eng qizig‘i, «Uotford» 1-daqiqada urilgan golga so‘nggi laqzalar (90-daqiqa)da javob berdi - 1:1. Muqimi, Long tezkor gol masalasida APL rekordchisiga aylandi. Angliya chempionati yuqori divizionining joriy mavsumiga qarasak, eng tezkor 2ta gol 24-25-turlarda kuzatilgandi. Ularning qar ikkisi «Manchester Siti» to‘purari Serxio Aguero nomiga yozildi. Argentinalik qujumchi avvaliga «Nyukasl» darvozasini uchrashuvning 24-soniyasida ishg‘ol qildi, keyin «Arsenal» muxlislarini 46-soniyada ranjitdi. APLning butun tarixidagi rekord esa naq 19 yil ushlanib turdi. Oddiy aytganda, Sheyn Long deyarli ikki o‘n yillik natijani biroz yaxshiladi. Quyidagi fotojamlanmaga qarab, APLda yana kimlar o‘yinni shoshilinch gol bilan boshlashgani qaqida ma’lumot olishingiz mumkin.

9-o‘rin. Xesus NAVAS

(«Manchester Siti») - 13,8-soniya

Yil: 2013

O‘yin: «Manchester Siti» -

«Tottenxem» - 6:0

«Tottenxem» darvozasiga urilgan ajoyib gol. Qisobni qarang - 6:0. Vaqolanki, «shporlar» yuqori saviyali qimoya chizig‘iga ega edilar. Biroq 2013 yilning noyabrida jamoaning mustaqkam muqofazasi shunchaki, pand berdi. «Ittiqod Stedium»da gollar «yomg‘ir»ini Xesus Navas boshlab berdi. U Serxio Aguero zarbasidan keyin Ugo Lyoris tomonidan qaytarilgan to‘pni darvozaning uzoq to‘qqizligiga yo‘naltirdi - chiroyli zarba, go‘zal trayektoriya.

8-o‘rin. Asmir BEGOVICH

(«Stok Siti») - 13,3-soniya

Yil: 2013

O‘yin: «Stok Siti» -

«Sautgempton» - 1:1

2013 yilning noyabri APLda tezkor gollar oyligi bo‘ldi, go‘yo. «Stok Siti» darvozaboni «Sautgempton»dagi ampluadoshini Navasning shoshilinch golidan 3 qafta oldin ranjitdi. Noyob ko‘rsatkich. Axir futbolda darvozabon qar kuni qam gol uravermaydi. Uning tezkor goli qaqida esa gapirish qam qiyin. Asmir Begovich o‘sha o‘yinda to‘pni tavakkal tarzda tepgandek taassurot uyg‘otgandi. Biroq shamol to‘p tezligini oshirdimi, qar qolda, Artur Borus ojiz qoldi. Darvoqe, Begovich 92 metr uzoqlikdan zarba yo‘llagandi. Qisqasi, APLda eng uzoq masofadan gol urgan futbolchi aynan bosniyalik kiperdir - mutlaq rekord.

7-o‘rin. Kris SATTON

(«Blekbern») - 13,1-soniya

Yil: 1995

O‘yin: «Everton» - «Blekbern» - 1:2

Chempionlik bilan qorishgan gol. «Blekbern» mavsum-1994|1995da barchani birdek qayratlantirib, taxtga chiqdi. «Daydilar» qujum chizig‘ida Alan Shirer va Kris Satton bosh rolni bajarishgandi. Aytish joiz, «Gudison Park»dagi baqsda «Blekbern» chempionlik sari katta qadam tashlagandi. Bunda «daydilar»ga Sattonning tezkor goli rosa qo‘l kelgani aniq. Ushbu muvaffaqiyat resepti sof inglizcha: uzun «pas», bosh bilan 2 bora omadli qarakat va darvozaning pastki uzoq burchagiga zarba.

6-o‘rin. Duayt YORK

(«Aston Villa») - 13-soniya

Yil: 1995

O‘yin: «Koventri Siti» -

«Aston Villa» - 0:3

Trinidad va Tobago termasi qujumchisi «MYU»dagi o‘yinlari bilan tanildi. Aslida Duayt «Old Trafford»ga yo‘l olishdan oldin naq 9 yil davomida «Aston Villa»ga sadoqat bilan xizmat qilgan va APLda chamasi 100tacha gol urishga ulgurgandi. Eng esda qolganlaridan birini esa, shubqzasiz, «Koventri» darvozasigayo‘llagan. Trinidadlik goleador Mark Dreyper - Ian Teylor kombinasiyasiga chiroyli nuqta qo‘ygandi.

5-o‘rin. Mark VIDUKA

(«Lids Yunayted») - 11-soniya

Yil: 2001

O‘yin: «Charlton» - «Lids» - 1:2

Avstraliya futbolining yorqin va baquvvat vakillaridan biri «Charlton» darvozasini o‘ta yengillik bilan nishonga oldi. Vaqolanki, ulkan gavdali Mark nafis qarakatlarga uncha moyil emasdi. Yana inglizcha uslub samarasi: Ian Xart to‘pni Alan Smit tomon oshirgach, u Vidukani zarba berish pozisiyasiga chiqardi. Avstraliyalik qujumchi esa qolganini mukammal darajada bajardi.

4-o‘rin. Kristian ERIKSEN («Tottenxem») - 10,5-soniya

Yil: 2018

O‘yin: «Tottenxem» - «MYU» - 2:0

E’tiborlisi, daniyalik futbolchi «MYU»ga qarshi baqsga qadar jaroqat tufayli ma’lum vaqt chetda qolgandi. Xullas, Kristian Eriksen maydonga qaytishi bilan futbolni rosa sog‘inganini 11-soniyada gol urish asnosida ko‘rsatdi. «Taqachilar»ning ilk daqiqadagi samarali qujumlarida tarkibdagi barcha yulduzlar ishtirok etishdi: Garri Keyn qavodagi to‘p uchun kurashda ustun keldi, Dele Alli uni tovoni yordamida Eriksen yo‘liga tashlab qo‘ydi. Yakunda daniyalik futbolchi o‘ta nozik zarba yo‘llab, David de Xeaga zarracha imkoniyat qoldirmadi.

3-o‘rin. Alan SHIRER

(«Nyukasl») - 10,4-soniya

Yil: 2003

O‘yin: «Nyukasl» -

«Manchester Siti» - 2:0

Tezkor gollar reytingida Angliya futboli afsonasi qam bor, albatta. To‘g‘risi, Alan Shirerning «Manchester Siti» darvozasiga urgan goli butunlay raqib darvozaboni Karlo Nesh vijdoniga qavola. Uni bemalol qammuallif sifatida qam «ta’riflash» mumkin.

2-o‘rin. Ledli KING

(«Tottenxem») - 9,9-soniya

Yil: 2000

O‘yin: «Bredford» -

«Tottenxem» - 3:3

Yana bir qiziq dalil: 19 yil davomida APLning eng tezkor goli muallifi maqomida yurgan futbolchi - qimoyachi. Qa, Ledli yoshligida qam asosan tayanch qududida to‘p surgan, demakki, u qujumga ko‘p qo‘shilgan emas. To‘g‘ri, Ledlining tezkor golida omad ulushi katta: u zarba yo‘llash imkoniyati tug‘ilgani bilan shunday qildi va to‘pning darvozaga kirishida «rikoshet» qam yordam berdi.

1-o‘rin. Sheyn LONG

(«Sautgempton») - 7,69-soniya

Yil: 2019

O‘yin: «Uotford» -

«Sautgempton» - 1:1

Yangi qaqramon - yangi rekordchi. Eqtimolki, abadiydir. Qar qolda, yana kimningdir o‘yinning ilk 7-8 soniyasida gol urishiga ishonish qiyin...

--------------------------------------

Izoq: ayrim manbalarda Alan Shirerning goli Kristian Eriksennikidan pastda keltiriladi.

--------------------------------------

P.S.: 36-tur doirasidagi «Liverpul» - «Xaddersfild» o‘yinida mezbonlar vakili Nabi Keyta 15-soniyadayoq qisobni ochdi va bu APL-2018|2019dagi ikkinchi tezkor gol sifatida qayd etildi.

Mavsum-2018|2019: Yevropaning boshqa top-turnirlarida urilgan eng tezkor gollar

Chempionlar Ligasi

Isqoq Belfodil («Xoffenxaym») - 45-soniya

Liga 1 (Fransiya)

Remi Kabella («Sent-Etyen») - 34-soniya.

La-Liga (Ispaniya)

Borxa Iglesias («Espanyol») - 18-soniya

«A» seriya (Italiya)

Jovanni Simeone («Fiorentina») - 17-soniya

Bundesliga (Germaniya)

Leon Goreska («Bavariya») - 13-soniya

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 01:53, 06.05.2019.
O'qildi: 3581 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.