Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Shota Arveladze: «O‘ta muhim yutuqni qo‘lga kiritdik»

Shota Arveladze: «O‘ta muhim yutuqni qo‘lga kiritdik»

Baho:
+ | -

"Persepolis" bilan Toshkentdagi bellashuvdan so‘ng Shota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Kutilganidek juda qiyin o‘yin bo‘ldi. "Persepolis" raqibga o‘yin bermaydi va juda yaxshi pressingni amalga oshiradi. Shuningdek, qarshi hujumda xavfli o‘ynaydi. Birinchi bo‘limda o‘yin o‘zgarib turdi. Ba’zan biz ularga o‘ynash imkoniyatini taqdim etgan bo‘lsak, ba’zan ular bizga bunday imkoniyat berishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik.

Tanaffusdan keyin o‘yin tizginini qo‘lga oldik  va haqli ravishda g‘alabaga erishdik.  Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, raqibga nisbatan faol bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda jamoamiz g‘alabaga ko‘proq loyiqligini isbotladi. Juda muhim va qiyin g‘alabani tantana qildik. Bu bilan barcha o‘zbek futboli muxlislari, Ramazon oyining ilk kunidayoq bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan ishqibozlar, ekran qarshisida bizga omad tilagan muxlislar, klub xodimlari, rahbariyat hamda futbolchilarni tabriklayman.

Igor Sergeev uzoq kutilgan golni urdi, degan fikrga qo‘shilmayman. Chunki Sergeev "Lokomotiv" bilan bo‘lgan bahsda ham jamoamiz uchun muhim golni kiritgandi. Zaxiradan uni maydonga tushirguncha hech qanday sehrli so‘zlarni ishlatganim yo‘q. Maydonga tushishidan avval unga o‘zingni vaziyatingni kut va undan foydalan deb uqtirdim. Jamoamiz uchun navbatdagi muhim golni urganidan xursandmiz.

Sidiqovning jarohati kutilmaganda ruy berdi. Jamoamizda bir-birini o‘rnini to‘ldiradigan futbolchilar mavjud. Sobit uchun bugun ushbu musobaqada debyut bo‘ldi. O‘yinga yaxshi qo‘shildi. U o‘tgan haftada "Paxtakor" safida chempionatda debyutini nishonlagandi. Bugun esa Chempionlar Ligasida maydonga tushdi. Shunday o‘yinlar orqali Sindarov kerakli tajribani to‘playdi.

Kiritildi: 00:00, 07.05.2019.
O'qildi: 3379 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.