Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Paxtakor» ayollar jamoasi «Metallurg» maydonida durang o‘ynadi

«Paxtakor» ayollar jamoasi «Metallurg» maydonida durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" ayollar jamoasi 3-turda Bekobodda "Metallurg"ga qarshi uchrashuvda golsiz durangga imzo chekdi.

Asosan yosh futbolchi qizlardan iborat bo‘lgan Rustam Aripov shogirdlari chempionatning yetakchi jamoalaridan biriga qarshi bellashuvda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi va mezbonlarga jiddiy qarshilik tug‘dirishdi. Har ikki jamoa yaratilgan bir qator imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Hozircha "Paxtakor" ayollar Superligasida 3 o‘yinda 2 ochko jamg‘arishga erishdi.

"METALLURG" - "PAXTAKOR" - 0:0
"Paxtakor": Tulanova, Chunakova (Devyatova, 90+4), Abduraimova, Hikmatova (Hotamova, 69), Asqarova, Vohidova, Hamdamova (Nasibullayeva, 90+2), Holiqova, Abdusattorova (Tagirova, 46), Turg‘unova, Baxtiyorova (Erkinova, 74).

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:20, 08.05.2019.
O'qildi: 1782 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик