Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Buxoro» klubi ham «Saratondan soyabon bo‘l» aksiyasiga qo‘shildi

«Buxoro» klubi ham «Saratondan soyabon bo‘l» aksiyasiga qo‘shildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi sog‘lom hayot tarzi uchun kurashayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saratondan soyabon bo‘l” nomli xayriya aksiyasini boshlaganidan xabaringiz bor.

“Buxoro” futbol klubi ham ushbu aksiyaga qo‘shildi. Bugun klub rahbariyati, jamoa murabbiy va futbolchilari Buxoro viloyat onkologiya dispanseri va Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazilarida bo‘lib, bemor bolajonlar xolidan xabar olishdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lumot taqdim etishicha, yosh bemorlarga xayriya mablag‘lari ajratilib ularga sovg‘alar ulashishdi. Maqsad – jamiyatning e’tiborini ushbu muammoga jalb qilib, kichkintoylar, kattalar, shifokorlar va birovning qayg‘usiga befarq bo‘lmagan insonlarning birgalikdagi hakaratlar bilan saraton kasalligi ustidan g‘alaba qozonish mumkinligini namoyish qilishdan iborat. 

Ta’kidlash joiz, Coca Cola Superliganing 9 va 10-tur bellashuvlarida jamoalar mazkur aksiya doirasida qator tadbirlarda ishtirok etadi. Saratonni engib o‘tish kabi mashaqqat bilan kurashayotgan jajji qalblarni futbol muxlislari ham qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Yuqoridagi turlar davomida har bir stadionga xayriya qutilari o‘rnatiladi. Ularda yig‘ilgan mablag‘lar esa o‘sha hududdagi onkologiya markazlariga o‘tkazib beriladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:10, 08.05.2019.
O'qildi: 2318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.