Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasida futbol klublari o‘rtasida shaffoflikni oshirish, halol o‘yin targ‘ibotini kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish departamenti boshlig‘i, Farg‘ona viloyati futbol assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti, "Neftchi", "Istiqlol", "Turon", "Iftixor" klublari rahbariyati qatnashdi.
Yig‘ilish davomida futbolda halol o‘yin targ‘ibotini kuchaytirish, har xil noqonuniy yo‘llar bilan foyda ko‘rish ishlariga yo‘l qo‘ymaslik, kelishilgan o‘yinlarga qarshi qattiq kurashish, futbolchi va murabbiylar o‘rtasida madaniyatni kuchaytirish, hakamlar va rasmiy shaxslarga nisbatan o‘yin davomida va undan keyin qo‘pollik qilmaslik va shaxsiyatga teguvchi so‘zlar ishlatmaslik, homiylar va ta’sischilar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona foydalanish mavzularida so‘z yuritildi.
Shuningdek, bolalar futbolida yosh kichraytirishning oldini olish maqsadida akademiyalar hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Ronalduga optimal formaga qaytmagunicha tarkibda joy yo‘q [3804]
«Barselona» muzokaralarda oldinga siljidi [2959]
Xarri Keyn uchun kurashda «Barselona»ning raqobatchisi ma’lum bo‘ldi [2743]
«Lugano» o‘zbekistonlik muxlislar oqimidan keyin bayonot berdi [2585]
«Real» darvozaboni boshqa bir top klubga o‘tishi mumkin [2122]
Ferran Torres «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tganiga izoh berdi [2083]
Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha yangi bayonoti kutilmoqda [1976]
Arteta universal futbolchini jiddiy kuzatmoqda [1971]
“CHelsi” Satpayevning ijara transferidan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi [1904]













