Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga klublari o‘yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yanada ko‘proq ahamiyat qaratishadi

Superliga klublari o‘yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yanada ko‘proq ahamiyat qaratishadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga asosan Superliga uchrashuvlarida faol o‘yin vaqtini oshirish, qolaversa futbolchilarning jismoniy holati va tayyorgarligini eng yaxshi darajaga olib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Professional futbol ligasi amaliy ishlarni boshlab yubordi.

Shu maqsadda bugun O‘zPFL binosida Superliga klublari bosh murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda qator masalalar muhokama etildi. 

Jumladan, ayni paytda Superliga o‘yinlarda aksariyat holatlarda faol o‘yin vaqti 55-60 daqiqa atrofida bo‘lmoqda. Ushbu vaqtni yanada ko‘paytirish, faol o‘yin vaqtini oshirish maqsadida Superliga klublari ham endilikda har bir futbolchi bilan individual tarzda ishlash va uning sport formasini muntazam tahlil etib borish tartibiga o‘tadi.

Hozirda milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoaga nomzod futbolchilar jismoniy tayyorgarligi va ularning sport formasi barqarorligi muntazam ravishda tekshirib, tahlil etib borilmoqda.

Ushbu amaliyotni Superliganing barcha klublarida tatbiq qilish esa har bir klub ixtiyorida bo‘lgan o‘yinchilarning mavsum davomida bir ma’romdagi sport formasini ushlab turishi, bu esa o‘z navbatida maydonda o‘yin tempining oshishini ta’minlashi tayin.

Bu borada Superliga klublari ustozlarining har biri o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ayon bo‘ldiki, murabbiylar ham har bir shogirdi jismoniy holati, uning hafta davomidagi mashg‘ulotlarda bajargan normalari va boshqa ko‘rsatkichlaridan aniq xabardor bo‘lib borishidan mamnun bo‘ladi. Natijada qaysidir futbolchida u yoki bu jihat oqsayotgan bo‘lsa, murabbiy shundan kelib chiqqan holda unga yukalamalar beradi. 

Yig‘ilish davomida murabbiylar bu boradagi o‘z savollari, takliflarini bildirishdi, qolgan klublar ustozlari bilan o‘zaro fikr almashib, Superliga uchrashuvlarida keskinlik va shiddat, jozibadorlik va tomoshaboplikning oshishida mashg‘ulotlarning intensivligini oshirish va jismoniy tayyorgarlik jihatiga yanada ko‘proq urg‘u berilishi ahamiyati batafsil muhokama etildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:55, 13.05.2019.
O'qildi: 1544 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.