Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Rasman! «Dinamo»ning uch nafar futbolchisi faoliyatini yakunladi

Rasman! «Dinamo»ning uch nafar futbolchisi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Dinamo" jamoasining AGMKga qarshi g‘alabali uchrashuvi oldidan stadionda "Dinamo"ning sobiq futbolchilari futbolchilik faoliyatlarini rasman yakunlashdi.

Klub rahbariyati tomonidan tashkil etilgan xayrlashuv tadbirida Samarqand futbolining faxriylari sanalmish - “Dinamo” klubi rahbari Ilhom Sharipov, sport direktori Rustam Istamov va Samarqand viloyat futbol akademiyasi direktori Uchqun Qobilov futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ilhom Yunusov, Dilshod Sharofetdinov, Akmal Bozorovlarga an’anamizga ko‘ra, zarbof chopon kiydirishdi. Ko‘p yillar davomida Samarqand futboli ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirishdi. O‘z o‘rnida uchala futbolchi ham o‘z imzosi tushirilgan to‘plarni stadionga yig‘ilgan muxlislarga sovg‘a qilishdi.

Qayd etish lozim, 37 yoshli Ilhom Yunusov faoliyati davomida “Dinamo” jamoasidan tashqari “Buxoro”, “Nasaf”, “Qizilqum” klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoa safida to‘p surib, bir necha marta mamlakat chempionati sovrindori, shuningdek OFK Kubogi sohibiga aylangandi. Samarqandlik futbolchi Oliy Liga tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “gvardiyachi”lardan biri sanaladi.

34 yoshli Dilshod Sharofetdinov ham “Dinamo” tarkibidan “Paxtakor” safiga qo‘shilib, mamlakat chempioni bo‘lish bilan birga O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida to‘p surdi, Malayziya, Indoneziya klublari safida muvaffaqiyatli o‘yinlar namoyish etdi.

33 yoshli Akmal Bozorov esa 13 yillik professional faoliyatini aynan “Dinamo” klubiga bag‘ishladi. Himoya va yarimhimoya chizig‘ida to‘p surgan Bozorov o‘z vaqtida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida to‘p surgandi.

Ushbu futbolchilar faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, Samarqand futbolida endi murabbiy sifatida qadam qo‘yishmoqda. Xususan, Ilhom Yunusov endi Samarqand viloyat futbol akademiyasida o‘z tajribasini bolalar bilan o‘rtoqlashsa, Dilshod Sharofetdinov va Akmal Bozorovlar “Dinamo” yoshlar jamoasida yangi yosh futbolchilarni tarbiyalaydi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 10:30, 14.05.2019.
O'qildi: 3162 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.