Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

14 yoshli bolboy hissasi

14 yoshli bolboy hissasi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Trent Aleksander-Arnold lidslik maktab o‘quvchisi oldida qarzdor. «Barselona»ni CHL finalidan mahrum etgan «Liverpul»ning o‘yindagi 4-golini eslang: burchak to‘pidan foydalanishning antiqa yo‘li. 20 yoshli himoyachi Trent Aleksander-Arnold barchani aldadi: ikki bora fikridan qaytdi va to‘pni darhol Divok Origi tomon uzatdi. Belgiyalik futbolchi esa, bemalol «dubl»ni rasmiylashtirdi, chunonchi, kataloniyaliklar shunchaki, «uxlab» qolishgandi...

Olamshumul «kambek» taqdim etgan o‘yindan keyin hamma o‘sha burchak to‘pini muhokama qilishga tushdi. To‘p o‘yinga kiritilishidan oldingi holat: shundoq reklama taxtasi oldida (odatdagidek orqasida emas) o‘tirgan bolboy britaniyalik himoyachi raqib orqali «aut» ishlagach, unga darhol boshqa to‘p uzatdi. Demakki, «Liverpul» tahlilchisi «Barsa»ga qarshi o‘yindan oldin «Enfild»da to‘p uzatib turadigan yosh yigitlarni alohida tayyorlagan. Har holda, «Liverpul»ga yordam berish uchun nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma bergani aniq. Xullas, Britaniya mediasi uchrashuvdan keyin lidslik 14 yoshli o‘smirni  Origining ikkinchi goliga ikkinchi assistent sifatida e’tirof etdi. Oukli Kanonye hozirda «Liverpul» maktabida shug‘ullanmoqda. U bolboy sifatida yaxshi bo‘lish barobarida tez-tez U-16 toifasidagi jamoa safida maydonga tushadi. O‘zidan 2 yosh katta bolalar bilan o‘ynamoqdami, demak, kelajagiga ishonch katta.

Darvoqe, Lionel Messi ham endi Oukli Kanonyeni eslab qolsa kerak. Binobarin, hakamning final hushtagi yangragach, umidli iqtidor maydonga yugurib tushib, aynan argentinalikka 4ta barmog‘ini ko‘rsatdi - 4ta golga ishora. Ha, qo‘rs bola! «Liverpul» akademiyasi murabbiyi endi klub rahbariyatidan Ouklini Madriddagi CHL finaliga olib borishni so‘ramoqchi. Ko‘rinishidan, bolakayga Yurgen Klopp jamoasining omad timsoli o‘rnida qarashmoqda, shekilli.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:39, 15.05.2019.
O'qildi: 4908 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик