Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Klublar miqiyosida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi kim?

Klublar miqiyosida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi kim?

Baho:
+ | -

Klublarning qudratini ular qo‘lga kiritgan kuboklar orqali bilib  olishingiz mumkin. Futbolchilar haqida ham shunday desak, adashamgan bo‘lami. Bugun e’tiboringizga eng ko‘p sovrin yutishga muvaffaq bo‘lgan 5 ta futbolchi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Pike

Uning bobosi «Barselona» klubining  prezidenti bo‘lgan bo‘lsada, qahramonimiz o‘zining ilk sovrinini «Manchester Yunayted» safida qo‘lga kiritgani qiziq holat. U deyarli barcha klublar miqiyosidagi xalqaro turnirlarda g‘olib chiqdi va o‘z nomini tarixga muxrlab qo‘ydi. Pike o‘z kariyerasi davomida 33 ta sovringa ega chiqishni uddasidan chiqqan kam sonli himoyachilardan biri desak, adashmagan bo‘lamiz.

Leo Messi va Rayan Giggz

Bu ikki futbolchi haqida ortiqcha to‘xtalishning xojati bo‘lmasa kerak. Giggz APLda 3 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Leo 5 bor «Oltin to‘p» sovrinida g‘olib chiqqan. Ikkala buyuk futbolchining hisobida 34 tadan kubok mavjud. Farqi shundaki, Leo bu ko‘rsatgichni yaxshilab olishi mumkin. U va uning jamoadoshlari kelasi mavsumni sabrsizlik bilan kutishmoqda. Giggz butun umr «Manchester Yunayted» sharafini himoya qildi va klubning ajralmas bo‘lagiga aylandi.

Aleksandr Shovkovskiy

Ukrainalik darvozabon haqli tarzda bu topdan joy olmoqda. U «Dinamo Kiyev» safida Oleg Bloxindan ham ko‘proq uchrashuv o‘tkazgan yagona futbolchi. Uning eng gullagan davrlari 2006-yildagi JCH ga to‘gri keldi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘sha mundialda Ukraina chorak finalga chiqish uchun Shvetsariya ga qarshi bahs olib borgan va o‘yindan so‘ng penaltilar seriyasida «Shava» 3 ta penaltini bartaraf etib, Ukraina futbolida yangi sahifa ochgan edi. U 23 yillik kariyerasi davomida 35 ta sovringa ega chiqdi va «Dinamo Kiyev» muxlislarining hurmatiga sazovor bo‘ldi.

Maksvell (Maxwell)

Bir qarashda ishonish qiyin, biroq Braziliyalik futbolchi o‘z kariyerasi davomida 38 ta turnirda g‘olib chiqishni uddalagan ekan. U «Ayaks», «Inter», «Barselona», «PSJ» singari super klublarda to‘p surgan bo‘lsada, 17 yil davom etgan kariyerasi davomida ko‘plab sovrinlarga ega chiqishga ulgurdi. Max  o‘zi to‘p surgan hamma chempionatlarda g‘olib bo‘lishni uddasidan chiqqan. U o‘z vaqtida «Barselona» safida YCHLda ham g‘olib bo‘ldi  va o‘z nomini tarixga abadiyga yozib qo‘ydi.

Dani Alvez

Yana bir Braziliyalik hujumkor himoyachi hozirda yer yuzidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi bo‘lib turganiga ishonish qiyin. U avvaliga o‘z yurtida ilk sovrinini qo‘lga kiritadi va «Seviliya» safiga o‘tadi. Andalusiya klubi tarkibda 5 ta kubokka ega chiqadi va «Barselona» uni harid qiladi. Dani Alvezning eng kuchga to‘lgan davrlari «Barselona»ning to‘xtatib bo‘lmas darajadagi kuchga ega davrlariga to‘g‘ri kelib qolgani uning omadlilardan ekanligiga dalolat. O‘sha davrlarda «Barsa» mag‘lubiyat nimaligini bilamas, Alvez esa chap qanotning qiroliga aylangan edi. U Katoloniya klubi bilan 23 ta kubokni qo‘lga kiritadi va «Yuventus»ga o‘tib ketadi. Italiyadagi oltin dubldan so‘ng «PSJ»ga yo‘l olgan qahramonimiz 6 ta turnirda g‘olib chiqdi va sovrinlari sonini 39 taga yetkazib oldi. Bu hozircha mutloq rekord sanaladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:46, 19.05.2019.
O'qildi: 10894 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.