Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mbappe «Oltin butsa»ni Messidan tortib oladimi?

Mbappe «Oltin butsa»ni Messidan tortib oladimi?

Baho:
+ | -2

Yevropada milliy chempionatlarning navbatdagi mavsumi yakunlanar ekan, "Oltin butsa" sovrini uchun ikki da’vogar yaqqol ajralib qoldi. Bular — "Barselona" sardori Lionel Messi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe.

Fransiyalik futbolchi kecha "Dijon"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga 1ning 37-turi doirasidagi bahsda "dubl"ga erishdi. Shu tariqa, Mbappening Fransiya chempionatidagi gollari soni 32taga yetdi.

Messi esa La liganing ushbu mavsumida 34ta gol urgan. Kataloniyaliklar bugun Ispaniya chempionatining so‘nggi turi doirasida "Eybar" klubi mehmoni bo‘ladi. Bugun Leo gollar urishga va o‘z natijasini yaxshilab olishga harakat qilsa ajab emas. Boisi, uning raqibi — Kilian hisobida yana bitta o‘yin bor. "PSJ" so‘nggi turda "Reyms" mehmoni bo‘ladi. 24 may kuni bo‘ladigan uchrashuvda Mbappe bir nechta gollar urib, Messidan o‘tib ketish imkoniyatiga ega.

"Oltin butsa" sovrinini so‘nggi 2 yilda Messi qo‘lga kiritgan. Ushbu sovrinlar bo‘yicha ham Lionel rekordchi hisoblanadi — 5 marta (Ronaldu hisobida 4ta "Butsa" bor). Demak, argentinalik futbolchi ushbu mavsumda oltinchi "Oltin butsa"ni o‘z muzeyiga qo‘shib qo‘yishi mumkin.

"Oltin butsa-2019" sovriniga da’vogarlar jadvali:

1. Lionel Messi (Barselona): 34 gol (*2) – 68 ochko
2. Kilian Mbappe (PSJ): 30 gol (*2) – 60 ochko
3. Fabio Kvalyarella (Sampdoriya): 26 gol (*2) – 52 ochko
4. Mbaye Dian (Qosimposha): 30 gol (*1,5) – 45 ochko
5-9. Robert Levandovski (Bavariya): 22 gol (*2) – 44 ochko
5-9. Duvan Sapata (Atalanta): 22 gol (*2) – 44 ochko
5-9. Pyer-Emerik Obameyang (Arsenal): 22 gol (*2) – 44 ochko
5-9. Sadio Mane (Liverpul): 22 gol (*2) – 44 ochko
5-9. Muhammad (Liverpul): 22 gol (*2) – 44 ochko
10-15. Karim Benzema (Real): 21 gol (*2) – 42 ochko
10-15. Kshishtof Pyontek (Jenoa-Milan): 21 gol (*2) – 42 ochko
10-15. Lyuk de Yong (PSV): 28 gol (*1,5) – 42 ochko
10-15. Luis Suares (Barselona): 21 gol (*2) – 42 ochko
10-15. Krishtianu Ronaldu (Yuventus): 21 gol (*2) – 42 ochko
10-15. Serxio Aguero (Manchester Siti): 21 gol (*2) – 42 ochko
16. Nikolya Pepe (Lill): 20 gol (*2) – 40 ochko
17. Dushan Tadich (Ayaks): 26 gol (*1,5) – 39 ochko
18. Kristian Stuani (Jirona): 19 gol (*2) – 38 ochko
19. Nikolay Komlichenko (Mlada): 24 gol (*2) – 36 ochko
19. Jeyms Vardi (Lester): 18 gol (*2) – 36 ochko

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:49, 19.05.2019.
O'qildi: 21038 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.