Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

Umid Ahmadjonov Superliga klublari direktorlari, bosh murabbiylari bilan hakamlik borasida yig‘ilish o‘tkazdi

Umid Ahmadjonov Superliga klublari direktorlari, bosh murabbiylari bilan hakamlik borasida yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Superligada qatnashayotgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari va hakamlar bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida so‘nggi paytlarda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizdagi hakamlar saviyasini oshirish, yosh hakamlarni tayyorlash borasida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shunga qaramay, hakamlar tomonidan qabul qilinayotgan ba’zi qarorlar borasida ko‘plab bahsu munozaralar yuzaga kelayotgani, bu bahsu munozaralar natijasida hakamlarga nisbatan noto‘g‘ri fikr shakllanib qolayotgani ta’kidlandi. Ataylab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadigan, turli qing‘ir ishlarga aralashib yuradigan hakamlar qat’iy jazolanishi yana bir bor ogohlantirildi.

Shu bilan birga hakamlar ba’zan insoniylik omili tufayli xatolarga yo‘l qo‘yishlari kuzatilayotgani aytib o‘tildi. Bunday holatlarda klublar bosh murabbiylari o‘yin paytida o‘z hissiyotlarini jilovlab, hakamlarga nisbatan haqoratomuz iboralarni ishlatishdan tiyilishlari kerakligi ta’kidlandi. O‘FA ekspertlar guruhi tomonidan har bir hakamning harakatlari kuzatib, tahlil qilib boriladi. O‘yin natijasiga ta’sir etuvchi qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yganlar tegishli tartibda jazolanadi. Shu bilan birga ba’zi qarorlar o‘yin vaqtida muxlislarga shubhali tuyulsa-da, mutaxassislar guruhi tomonidan o‘rganib chiqilganidan keyin o‘sha vaziyatda hakamlar to‘g‘ri qaror qabul qilgani oydinlashgan vaziyatlar ham bo‘layotgani tilga olindi.

Shulardan kelib chiqib, klublar bosh murabbiylari va mutasaddilari doimo O‘FA va PFL rahbariyati bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, xato va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etib borish taklif qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:28, 20.05.2019.
O'qildi: 2669 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.