Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekistonU – 18 terma jamoasi Berlin U – 18 tenqurlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan tashkil qilingan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Genri Renosh va jamoa sardori Laurenz Del quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
Genri Renosh: Bu jamoa Berlin terma jamoasi hisoblanadi. O‘zbekiston tomonidan taklif bo‘lganidan juda xursand bo‘ldik va qabul qildik. Bilamizki, O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ertaga yaxshi va mazmunli o‘yin bo‘ladi degan umitdaman.
Hozircha bizning akademiyamizdan hech kim terma jamoaga chaqirilmagan. Jamoa sardorimiz “Yunion” jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Umid qilamiz, u terma jamoada o‘ynagan ilk futbolchimiz bo‘ladi.
- O‘zbek futboli haqida avval eshitganmisiz?
- Ha (kuladi) To‘g‘risi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani uchun chuqur o‘rganganimiz yuq. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi kuchli va tezkor futbolchilarga ega.
- O‘zingiz haqingizda gapirib bersangiz?
O‘zimga keladigan bo‘lsak, futbolchi sifatida yaxshi o‘ynay olmaganman quyi divizionlarda o‘ynaganman. Ammo murabbiy sifatida 19 yildan beri Berlin akademiyasida ishlab kelyapman.
Berlin akademiyasining asosiy maqsadi terma jamoaga futbolchilarni yetishtirib berish. Eng yaxshi o‘yinchilarga Top klublardan takliflar tushadi va ularni sotamiz chunki yoshi o‘tgan sari ularni bizga keragi yuq bo‘lib qoladi. Ularning o‘zi ham pul qilishi kerak.
- Andijon sizga yoqdimi?
- Andijonga endi yetib keldik. Bor yo‘g‘i bitta ko‘chani aylandik. Bizni yaxshi kutib olishdi. Mashg‘ulotdan keyin yana aylanamiz.
Bundesliga jamoalarida o‘ynagan tarbiyalanuvchilaringiz bormi?
Jerom Boatengni taniysizmi? U bizning tarbiyalanuvchimiz. Uning akasi Kevin, Antonyo Ryudiger, “Bavariya” bosh murabbiyi Niko Kovach bular ham bizdan chiqqan. Bir yilda bitta shu darajadagi futbolchi chiqsa bizga katta foyda bo‘ladi. Biz ular bilan fahrlanamiz.
- Gari Linekerning bir gapi bor “Futbolni 22 kishi o‘ynaydi yakunda Germaniya g‘alaba qozonadi” bu haqida fikringiz.
- (kuladi) Biz Germaniya terma jamoasi emasmiz. Biz Berlin termasimiz. Ammo biz ertaga o‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha kurashamiz.
- (Futbolchiga savol)Germaniya jamoalari asosan nam, iliq ob-havoda to‘p surishgan. Ertaga ham bizda issiq bo‘lishi kutilyapti bu sizga qiyinchilik to‘g‘dirmaydimi?
- Ha, juda ham qiyin bo‘ladi deb o‘ylayman. Ammo o‘yin 18:00dan keyin boshlanadi mayenimcha, bu muammo bo‘lmaydi deb o‘ylayman.
- Agar sizga O‘zbekiston klublaridan taklif bo‘lsa kelasizmi? Osiyo futboli haqida qanday fikrdasiz.
- Yaxshi bilasizlar Germaniyada futbol ancha rivojlangan. Katta klublarga o‘tish qiyin. Bu yerga kelib o‘ynasam qiziq bo‘lardi. Ammo men oilamni yaxshi ko‘raman va Germaniyada qolmoqchiman.
Jaloliddin Qobiljonov, Andijon