Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Hakim Ziyosh top-klubga o‘tishga yaqin turibdi

Hakim Ziyosh top-klubga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Transfer oynasi ochilishi yaqinlashgan sari mish-mishlar ko‘payganidan ko‘payib bormoqda. Bugun biz ishonchli manbalarga tayangan holda eng so‘nggi ma’lumotlar bilan ulashamiz.

Garet Beyl «Real Madrid» bilan o‘chakishishda davom etmoqda!
«Betis» klubi bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng Zidan va Beyl o‘rtasida gap qochganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Zidan uni ochiqchasiga tanqid qildi va uning kelajakdagi rejalarida unga joy yo‘qligini e’lon qildi. Beyl esa bunga javoban agar klubdan ketadigan bo‘lsa, 51 million yevro tovon puli to‘lashlarini talab qilmoqda! Vaziyat ancha jiddiylashgan. Garet Beyl bilan intervyu uyushtirgan Fernando Burges uning so‘zlarini o‘z blogida e’lon qildi. Unda quyidagilar yozilgan edi: «Meni klub bilan tuzgan 3 yillik shartnomam bor. Unga ko‘ra, har mavsumda 17 million maosh olishim kerak! Agar meni ketishimni istashsa, marhamat! Agar maydonga tushishimga yo‘l qo‘yishmasa, men 3 yil vaqtimni Madridda golf o‘ynab o‘tkazishim mumkin».
Vaziyat ancha jiddiy va murosasiz ko‘rnish olmoqda!


Killian Mbappe ketish haqida o‘ylamoqda
Fransiyalik futbolchi mavsum so‘ngida «Liga 1»ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi va jurnalistlar uchun intervyu berdi.

"To‘g‘ri, bu mavsumda bir nechta biz kutmagan voqealar sodir bo‘ldi, biroq futbol shunisi bilan tomoshabop bo‘lsa, ajab emas. Biz bu mavsumda ichki chempionatda zafar quchishni uddasidan chiqdik. Men yana bir bor jamoadoshlarimni va murabbiylar shtabini bu yutuq bilan tabriklayman. Hozir mening karyeramdagi muhim pallalardan biri. Balki burilish desam to‘g‘riroq bo‘ladi. Men bu klubda ko‘p narsa o‘rgandim va o‘tgan vaqtimga sira achinmayman, biroq endi ko‘proq mas’uliyatni bo‘ynimga oladigan vaqt keldi. Umid qilamanki, bu klub «PSJ» bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, men jonu dilim bila mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olishga tayyorman. Balki, bu «PSJ» bo‘lmas? Yana kim biladi deysiz? Men keragidan ortiq gapirib yuborishni istamayman. Meni eshitmoqchi bo‘lganlar so‘zlarimga tushundi degan fikrdaman!", — deb yozadi «Goal» nashri.

Hakim Ziyosh top-klublardan biriga o‘tishga yaqin
«Ayaks» klubining bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan marokashlik futbolchi yozda top-klublardan biriga o‘tishi aniq bo‘lib bormoqda. «Ayaks» klubi rahbarlaridan biri Mark Overmarsning aytishicha, unga hozirda «Barselona» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi esa, «Arsenal» tarkibiga borib qo‘shilish niyatida ekanligini yashirib o‘tirmayapti”, - deb yozmoqda «Goal» nashri.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 19:20, 21.05.2019.
O'qildi: 16289 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.